Bermud uchburchagi
Xo‘sh, nega bu hudud Bermud
uchburchagi deyiladi? Nima uchun aynan
uchburchak? Uni to‘rtburchak yoki
trapetsiya deb atasa bo‘lmasmidi?
Mutaxassislarning fikricha, bu odamlarning,
avvalo, yozuvchi va jurnalistlarning “aybi”.
Bermud uchburchagi — Atlantika okeani harbiy
qismidagi bu g‘aroyib joyning yagona nomi emas.
Uni, shuningdek, “shayton dengizi”, “Atlantika
qabristoni”, “qarg‘alganlar dengizi” deb ham
atashadi. Ana shu nomlar orasida eng
ommalashgani “Bermud uchburchagi” bo‘lib
qoldi. Lekin nega endi Bermud? Axir Bermud
orollari bu uchburchak tepaliklaridan biri, xolos.
Qolaversa, hudud markazida ham joylashmagan.
Ehtimol, ko‘plab sirli yo‘qolishlar aynan Bermud
orollari atrofida sodir bo‘lgani, so‘zning o‘zi ham
ancha ifodali va jarangdor ekanligi bunga sabab
bo‘lgandir? Xullas, “Bermud uchburchagi” so‘zi
iste’molga o‘zining fonetik qiymati tufayli kirib
kelgan, deyish asosliroq bo‘ladi. Bermud
uchburchagi haqidagi shov-shuvlar hatto o‘tgan
asrning 40-50-yillarida ham hech kimning
xayoliga kelmasdi, ya’ni uning tarixi u qadar uzoq
davrlarga borib taqalmaydi. Bu haqda birinchi
marta 1950 yilda Ye. Jons “Bermuda Triangle”
nomi bilan kichik risola chop etgan. Lekin bu
kitobcha odamlarga kichiklik qildi chog‘i, unga
hech kim e’tibor bermadi. Maqolalar, kitoblar
chiqishi to‘xtamadi. Ular vaqt o‘tgan sari dahshatli
nomlar bilan chop etila boshladi: “Qlimga
chorlovchi Bermud uchburchagi”, “Ko‘rinmas
gorizontlar”, “Mantiqiy javob yo‘q!”. Ularning
barchasida Bermud uchburchagidagi g‘aroyib
hodisalar haqida aytilardi. Keyinchalik bu haqda
filmlar ham ishlandi.
GEOGRAFIYASI...
Uchburchakning eng yuqori nuqtasi — Bermud
orollari, Puerto-Riko va Floridadagi Mayami
hisoblanadi. Biroq bu qat’iy chegara sanalmaydi.
Bermud uchburchagi mavjudligi haqidagi
qarashlar tarafdorlari uning maydonini turlicha
belgilaydi. Ayrimlar unga Meksika qo‘ltig‘ini,
boshqalar esa Karib dengizi shimoliy qismini ham
kiritadilar. Umuman olganda, uchburchakning
aniq ko‘rsatiluvchi hududi mavjud emas.
Qolaversa, u nazariy jihatdan qabul qilingan
geografik nom bo‘lib ham hisoblanmaydi.
Bermud uchburchagi maydoni uning taxminiy
chegaralari bilan hisoblaganda, 1 mln. km. kv. ni
tashkil etadi.
E’tirof etilayotgan sirlilik va xavotirga qaramay,
dunyo okeanining bu qismi juda yaxshi
o‘rganilgan. Haqiqatan ham bu okeanning
murakkab hududi hisoblanadi. Bermud
uchburchagidagi oqimlar tizimi ham, atmosfera
tsirkulyatsiyasi ham, suv osti dunyosi ham turli
murakkabliklar va chalkashliklardan iborat. Bu
kichik hududda suv osti relefining o‘zi bir necha
xil. E’tibor bering:
Abissal tekisliklar – 35, sayozliklar — 25, qit’a yon-
bag‘irlari va etaklari — 18, chekka va o‘rta yassi
tog‘lari — 15, chuqur suv osti novlari — 5, chuqur
bo‘g‘ozlar — 2, suv osti tog‘lari — 0,3 foiz.
Bermud uchburchagidagi tabiiy sharoitlar, mana,
100 million yildan buyon o‘zgarmay qolayotganini
alohida ta’kidlab o‘tish kerak.
Uchburchagimizdagi suv usti harorati 22-26° S.
Suvning sho‘rlanish darajasi o‘rta me’yordan biroz
yuqori (36—37 promill, ya’ni bir kilogramm suvda
36—37 gramm tuz mavjud). Bu ko‘rsatkichlar
mavsum va hududlar bo‘yicha farqlanadi. Bu
yerdagi suv okeanning boshqa qismlariga
nisbatan ancha iliq. Issiq suvlarni shimolga olib
boruvchi Golfstrim oqimi buning asosiy sababi
hisoblanadi.
Deyarli butun Bermud uchburchagi hududi
bo‘ronlar mintaqasi hisoblanadi. Kuchli shamollar
tezligi gohida soatiga 300 kilometrga yetadi.
Shuningdek, Bagam va boshqa sayozliklarda bir
soniyada 10 metr tezlik bilan suv to‘lqinlari
harakati kuzatiladi. Bermud uchburchagida bir
yilda eng kamida 60 kun kuchli shamol va
bo‘ronlar kuni bo‘ladi. Qolaversa, bu yerdagi ko‘p
sonli tropik tsiklonlarni ham yoddan chiqarmaslik
lozim. Siklonlar bo‘ronlar, to‘fonlar, dengiz
tarnadolarining umumiy nomidir.
Tropik tsiklonlar eng dahshatli tabiiy ofatlar
qatoriga qo‘shiladi. Ular hisobiga o‘n minglab
qurbonlar yozilgan. Aytib o‘tish kerakki, Bermud
uchburchagi mazkur tsiklonlar ro‘y beradigan eng
katta hudud hisoblanadi. Yirik girdoblar 30—50
kilometr tezlik bilan harakat qiladi. Garchi hozirda
meteorologik xizmat mavjud bo‘lsa ham, ko‘plab
kemalar bo‘ronlar qurboniga aylanmoqda.
Bermud uchburchagi “eng katta halokatlar soni”
bilan mashhur, deyiladi. Biroq rasmiy
ma’lumotlarda bunday falokatlar Bermud
uchburchagida 150 yil davomida taxminan 50-100
ta qayd etilgani aytilgan. Bu esa hali hududga
“eng katta...” maqomini bera olmaydi. Qolaversa,
falokatlarning bir qismi biz Bermud uchburchagi
deb atayotgan joydan tashqarida sodir bo‘lgan.
AFSONALAR QANDAY YARALADI?
Bermud uchburchagi — mavjud hudud tushunib
bo‘lmas falokat maydoni sifatida ham nom
qozongan. Biroq tushunib bo‘lmas falokatlar
deganda, aslida ularning sababi noma’lumligi
nazarda tutiladi. Aniqrog‘i, ularning sabablari bir
nechta bo‘ladi-yu, qay biri haqiqiyligi
aniqlanmaydi, xolos. Bunday falokatlar, samolyot
yoki kemalarning yo‘qolib qolishi sayyoramizning
boshqa joylarida ham kuzatiladi. Bermud
uchburchagida olib borilayotgan tadqiqotlar esa
uning sirliligini o‘rganish uchun emas, Golfstrim
oqimi, atmosfera va okeanning o‘zaro ta’sirini
aniqlash uchundir. Tadqiqotlar hisobotida
Bermud uchburchagi haqida hech narsa
deyilmaydi, faqat u yerda Golfstrim oqimining
murakkab tizimi joylashgani ta’kidlanadi, xolos.
Shuningdek, allaqanday optik narsalarning
topilganini ham olimlar inkor etishadi. Bu yerda
shunchaki, magnetizm me’yori biroz buzilgani
qayd etilgan. Turli sirlilik haqidagi ma’lumotlar
esa yozuvchilar xayoli, bo‘rttirishlar yoki noto‘g‘ri
tarjima mahsulidir.
Hamisha sirli, kishilarda qiziqish uyg‘otuvchi
Bermud uchburchagida falokatlar, turli samolyot
va kemalarning izsiz yo‘qolib qolishi haqida turli
gap-so‘zlar yuradi. Biroq ularning barchasi fanda
inkor etilgan. Biz yuqorida keltirgan geografik
ma’lumotlar bunga misol bo‘ladi. Eng muhimi esa
tobora ko‘payib ketayotgan afsonalar ichida
Bermud uchburchagi haqidagi asl haqiqatning
yo‘qolib qolmasligidir.
Eslatib o‘tamiz, keyingi sonlarda sahifalarimizni
Hind okeani haqidagi ma’lumotlar davom ettiradi.
QURBONLARI...
Garchi hali to‘liq bo‘lmasa-da, mutaxassislar
Bermud uchburchagi qurbonlari
ro‘yxatini tuzib chiqqan.
N / Kema / Yil
1. «Rozali» 1840
2. «Bella» 1854
3. «Meri Selest» 1872
4. «Atalanta» 1880
5. «Ellen Ostin» 1881
6. «Freya» 1902
7. «Sprey» 1909
8. «Siklop» 1918
9. «Kerroll A. Diring» 1921
10. «Raifuku-maru» 1925
11. «Kotopaksi» 1925
12. «Suduffko» 1926
13. «Stavenger» 1931
14. «Djon end Meri» 1932
15. «La Daxama» 1935
16. «Gloria Kolita» 1940
17. «Proteus» 1941
18. «Nereus» 1941
19. «Rubikon» 1944
20. «Siti Bell» 1946
21. «Driftvud» 1948
22. «Sandra» 1950
23. «Sautern Distrikts» 1954
24. «Konnemara IV» 1955
25. «Rivonok» 1958
26. «Marin Salfer Kuin» 1963
27. «Sno’Boy» 1963
28. «Uichkraft» 1967
29. «Skorpion» 1968
30. «Tinmut Elektron» 1969
31. Billa Veriti qayig‘i 1969
32. «Djilli Bin» 1970
33. «Elizabet» 1971
34. «El Kerib» 1971
35. «V. A. Fogg» 1972
36. «Nort Verient» 1973
37. «Anita» 1973
38. «Linda» 1973
N / Samolyot / Yil
1. «Evenlar 19-zvenosi» 1945
2. «Martin Mariner» 1945
3. B-17g Flying Fortress ?
4. «Star Tayger» 1948
5. «Duglas DC-3» («Dakota») 1948
6. «Star Eriel» 1949
7. «Gloubmaster» 1950
8. «York» 1953
9. «Super-Konstelleishn» 1954
10. «Martin Marlin» 1956
11. «KV-50» 1962
12. «Payper Apash» 1962
13. «KS-135» 1963
14. «S-119» 1965
15. «CheysUS-122» 1967
16. «Bichkraft-Bonanza» 1967
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1