Marosim bizga bir nechta qiziqarli bahslarni taqdim etdi. Quyida ¼ final juftliklari va unda klublarning imkoniyatlari haqida fikr yuritamiz.
“REAL MADRID” (Ispaniya) – “VOL'FSBURG” (Germaniya).
Imkoniyatlar 65/35
Bu juftlikning yaqqol favoriti, albatta, “Real”. Chunki madridliklar milliy birinchilikni amalda boy berib bo'lishdi. Zidan shogirdlari qo'lga kiritishi mumkin bo'lgan yagona sovrin — bu EChL bo'lib qoldi. Shunday ekan musobaqada g'olib chiqish uchun “blankoslar” borlarini berib o'ynashlari aniq. "Volfsburg" esa futbolda mo''jizalar ro'y berib turishini isbotlashga urinib ko'radi.
“Real”: Chorak final yo'lida “Roma”ni (2:0, 2:0) mag'lub etdi.
Milliy chempionatdagi o'rni: 3-o'rin (63 ochko).
Etakchisi: Krishtianu Ronaldu.
O'zini ko'rsatishi mumkin: Garet Beyl.
"Volfsburg": Chorak final yo'lida “Gent”ni (3:2, 1:0) mag'lub etdi.
Milliy chempionatdagi o'rni: 8 (37 ochko).
Etakchisi: Andre Shyurrle.
O'zini ko'rsatishi mumkin: Yulian Draksler
“BAVARIYa” (Germaniya) – “BENFIKA” (Portugaliya). Imkoniyatlar 60/40
"Benfika" klubi va uning muxlislariga hurmat saqlagan holda aytish mumkinki, “Real” – “Volfsburg” juftligi kabi ushbu qarama-qarshilikning ham favoriti oydek ravshan. Ikki jamoa ham o'z ichki chempionatida karvonboshilik qilishmoqda. “Benfika” ham “Volfsburg” singari sensatsiya namoyish etishga urinib ko'radi.
“Bavariya”: Chorak final yo'lida “Yuventus”ni (2:2, 4:2) mag'lub etdi.
Milliy chempionatdagi o'rni: 1 (66 ochko).
Etakchisi: Robert Levandovski.
O'zini ko'rsatishi mumkin: Kingsli Koman
“Benfika”: Chorak final yo'lida “Zenit”ni (1:0, 2:1) mag'lub etdi.
Milliy chempionatdagi o'rni: 1 (64 ochko).
Etakchisi: Jonas.
O'zini ko'rsatishi mumkin: Kostas Mitroglu
“BARSELONA” (Ispaniya) – “ATLETIKO MADRID” (Ispaniya). Imkoniyatlar: 55/45
Premeraning joriy mavsumda 1 va 2-o'rinni egallab turgan jamoalari o'rtasidagi bahs qiziqarli o'tishi shubhasiz. So'nggi o'tkazilgan o'yinlarga e'tibor qaratsak, "Barsa"ning imkonityatlari ancha yuqoridek ko'rinmoqda. Ammo bundan ikki mavsum muqaddam bu ikki jamoa aynan shu bosqichda to'qnash kelishgani, yakunda esa “Atletiko” raqibini yarim final ostonasida to'xtatganiga guvoh bo'lgan edik. Shunday ekan, bu to'qnashuvdan hamma narsani kutish mumkin.
“Barselona”: Chorak final yo'lida “Arsenal”ni (2:0, 3:1) mag'lub etdi.
Milliy chempionatdagi o'rni: 1 (75 ochko)
Etakchisi: Lionel Messi.
O'zini ko'rsatishi mumkin: Luis Suares
“Atletiko”: Chorak final yo'lida “PSV”ni (0:0, 0:0, penaltilar seriyasi 8:7) mag'lub etdi.
Milliy chempionatdagi o'rni: 2 (67 ochko)
Etakchisi: Antuan Grizman
O'zini ko'rsatishi mumkin: Yan Oblak
“PSJ” (Frantsiya) – “MANChESTER SITI” (Angliya). Imkoniyatlar: 50/50
Chorak finalning eng teng kuchli juftligi. “PSJ” ichki chempionat tugashiga 8 tur qolganda chempionlikni nishonladi.
“Manchester Siti” esa APLda joriy mavsum faqat EChL yo'llanmasi uchun kurashadigan ko'rinadi. Bu chorak finalning markaziy qarama-qarshiligi bo'lishga asosiy da'vogar bo'lgan uchrashuv bo'lishi taxmin qilinmoqda. Ko'ramiz, “boyvachchalar” jangida kimning qo'li baland kelar ekan.
“PSJ”: Chorak final yo'lida “Chelsi”ni (2:1, 2:1) mag'lub etdi.
Milliy chempionatdagi o'rni: 1 (77 ochko)
Etakchisi: Zlatan Ibrohimovich
O'zini ko'rsatishi mumkin: Anxel di Mariya
“Manchester Siti”: Chorak final yo'lida “Dinamo Kiev” ni (3:1, 0:0) mag'lub etdi.
Milliy chempionatdagi o'rni: 4 (51ochko)
Etakchisi: Yahyo Ture.
O'zini ko'rsatishi mumkin: Serxio Aguero
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев