(Savolga javob berishga shoshmang, avval bu yerdagi yozuvni oxirigacham o`qin!!!). Odnodagi temalani o`qirkanman bir savol aylanibam, o`rgilibam fikrimi egallab oluvradi. Bu–qizla haqida yigitla so`z ochganda ba`zida uchridigon gap, ya`ni: “90 FOIZ QIZLA YOMON” yoki “KO`PCHILI QIZLA YOMON” digan gappi qaytarilishi. Goh u gruppada, goh bunisida! Endi esa shunde diydigonlaga etadigan e`tirozlarimga kelse, bir boshdan izohlashga harakat qilaman, faqat oxirigacham o`qin, erinmang… 1) 90 % yoki ko'pchili diganda nimani chunas? Bu aniq raqam! Deme, 90% bu–10 ta qizdan to`qqiztasi digani. Endi siz taniydigan 10 ta qizi tanlab olin hayolan. Atrofizdegi qizladan: qo`shni, ishxonadegi, o`qishdegi, qarindoshladan. Qarindoshla diganim nafsoniyatizga teymasin iltimos, shunchaki 10 tadan 9 ta qiz yomon chiqmasligini ko`rsatish niyatim. Ho`sh, tanlab oldizmi? Endi yaxshilab o`ylab ko`rin. Har kuni sizga salom berib siz haqizda yomon hayolga bormidigon hamkasbiz, yoki sizi ko`zizga qarashga uyaladigon kursdoshiz, yoki akajon dib sizi ko`rsa quvonadigon jiyaniz… Nahotki shu 10 ta qizdan 9 tasi yomon tabiatli, yomon xulqli bo'sa? Negadir ishonish qiyin… 2) Ho`p mayli, siz aniq raqam etmadiz 80 yoki 90 % dib, lekin KO`PCHILIK digan so`zni ishlatdiz. Ko`pchili diganda nimani chunas? Hisob-kitobdan xabari bor odam uchun ko`pchili diganda eng kamida 50% dan ortig`ini, ko`pi bilan esa 99 % ni chunadi. Yana raqamlaga kelib taqaldiyu, ana xolos! Nahotki siz tanigan 10 ta qizdan kamida 5 tasi, ko`pi bilan esa 9 tasi yomon tutadi o`zini? Yaxshilab o`ylab ko`rin… Yoki ko`cha- ko`yda ketib borasiz tasavvur qilin. Qarshizdan chiqqan har ikki qizdan biri sizga ko`z qisib yoki “Yaxshi yigit, tanishse bo`ladimi?” dib e`tibor qilishsa. Yomon qizla aynan shunde, hayo, iboni sal unutib qo`ygan bo`ladiyu, to'rimi? Bu holat siz etgan raqamlaga to`g`ri kemayabti o`ylab ko`rsez. 3) Agar siz bu raqamlani ODNOdegi qizlaga nisbatan etvotgan bo'sez, yana adashasiz. Chunki Odnoga 1 million o`zbek qizi kirsa shundan 900 mingtasi hech qanaqasiga yomon bo`lishi mumkinmas. Agar shunday bo`lgandedi ODNOda yaxshi mavzularda suxbat qilinadigan gruppala sanoqli bo`lardi. Habariz bor o`zbek gruppalari ichida 10-20 ming a`zosi bo`gan gruppala ko`p. Ulani mavzulari oddiy: hikoyala, voqeala, sherla va boshqala. Siz bilgan yomon qizla to`planedigon gruppalada esa juda kam odam yig`ilgan razm solsa. Va u yerdagi qizlani no`malum qismi “niqobdegi qiz” ya`ni qiz profilidan kirgan yigitla ekanligi sir bo`lmasa kere. Yuqoridegi gaplarimga jaxliz chiqmasin aziz do`stlarim. Shunchaki siz hisobda ancha yanglishganizi ko`rsatish edi niyatim. Endi masalaning SIZ UCHUN YOMON TARAFIGA o`tse 1) TUXMAT! Ha, aynan tuhmat! Bordiyu qizlani 5 foizigina yomon bo`sa (Allohga ayon qanchaligi) deme siz 85 % qizga tuxmat qigan bo`las “90% qizla yomon” digan gapiz bilan. Agar sanoqli bo`sa yana undanam ko`piga. Tuxmatni esa siz tuxmat qigan odamiz kechirmaguncha gunohi ketmasligi haqida etilgan. Aks holda Qiyomatda javobini berishizga to`g`ri keladi. Endi tassavur qilin, siz etgan foizga teng sonli qizladan kechirim so`rashizi. Buni iloji yo`, to`g`rimi? Shunde ekan, bu katta yuk bilan Qiyomatda qiynalib qomisimi?.. 2) FOL OCHISH! Xabariz bor folbinla Alloh biladigan narsalani bilaman dib da`vo qiladi. Siz ulaga o`xshab qomayabsimi?.. 3) OSHIRIB GAPIRISH, ya`ni YOLG`ON! Yolg`onni qanday kotta gunohligi haqida ko`plab Hadis va Oyatla o`qigandirsiz yoki eshitgandirsiz… Shu yerda to`xte qoleyli. Sizga shunde kotta gunoh yuki keremi? O`zizga savol berib ko`rin, keyingi safar 90 FOIZ yoki KO`PCHILI dib gapirishdan oldin. Unutmang odami hayoti davomida qiladigon gunohlarini kotta qismi til bilan amalga oshirilarkan. Ya`nikim bu kabi etgan gaplarimiz (tuhmat, bo`xton, g`iybat, chaqimchili, fitnala) o`zimizga qimmatga tushishi mumkin. Agar juda ham sabriz yetmasa gapni ichizda ushlab turishga –o`zbek tilida o`lcham tushunchasini ifodalovchi boshqa so`zlayam bor: AYRIM va BA`ZI kabi. Bulani son miqdori juda kam 90 % yoki KO`PCHILI so`zlari oldida. Eng yaxshisi qo`lizda aniq dalil yo`mi (borligiga shubxam bor) sukut saqlang. Eng yaxshisi – shudir! Ko`p gapirib toliqtirgan bo`sam uzr, muammoni muhim hisoblaganim uchun batafsil yozishga majbur bo`ldim. Etgancha, yuqoridagi gaplar ba`zi qizlagayam tegishli.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 12