Mayli uncha go’zal bo’lmasin Faqat sevgi nima bilmasin Tunlar "allo-allo”qilmasin Oddiygina qiz toping,ona. Qalbi go’zal bo’lsa bo’lgani O’z ahdida tursa bo’lgani Vafo nima,bilsa bo’lgani Oddiygina qiz toping,ona. Bir soatlab bog’da qolmagan Sevib so’ngra dog’da qolmagan Yigitlardan gullar olmagan Oddiygina qiz toping,ona. Kiyimlari tor bo’lmasin hech Sevgan yori bor bo’lmasin hech Bundaylar kam, bo’lmasidan kech Oddiygina qiz toping, ona. So’rangchi birdugonasini Sirdoshiyu, yagonasini Avval ko’ring bir onasini Oddiygina qiz toping, ona. Xullas kalom sizga o’xshasin Xayoldagi qizga o’xshasin Yo’lingizga qalbin to’shasin Oddiygina qiz toping, ona. Huddi sizdek bormikan yana? O’zingizdek qiz toping, ona…
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 6
QOYIL! AJOYIB!