ota-
ona ekan ular?
Maktab. 3-sinf
o'quvchilariga
dars bo'lyapti. O'qituvchi bolalarga: "Xudodan
o'zingiz uchun nima
so'ragan
bo'lardingiz?" mavzusida insho
yozishlarini vazifa qilib
topshirdi. Hamma oppoq qog'ozga o'z
inshosini yoza
boshladi. Kechqurun yozma
ishlarni tekshirarkan,
o'qituvchining diqqatini
bir insho o'ziga tortdi. Inshoni o'qib chiqarkan
u juda xafa bo'ldi,
ko'zlaridan yuziga
yosh dumaladi. Shu vaqtda
xonaga uning eri kirib keldi va
ayolining ko'zidagi yoshlarni
ko'rib hayron bo'ldi.
"Nima bo'ldi?” – deb so'radi u.
"O'qing”, -
deb, unga o'sha
o'quvchining inshosini uzatdi. Insho
quyidagicha
yozilgandi: """Pаrvardigor,
bugun Sendan
alohida bir
narsa haqida o'tinib
so'ramoqchiman:
meni televizorga aylantirib
qo'y...
Ha, xuddi
uyimizdagi televizorning
o'rnini egallashni
istayman. Men ham uyda
alohida joyga ega
bo'lib,
oilamizni o'z atrofimda
jam bo'lishini
xohlayman. Gapirayotganimda
gaplarimni
bo'lishmasin,
ahamiyatsiz narsalarni gapirmasligimga
ishonishsin, diqqat- e'tibor
markazida bo'lishni istayman.
Agar
meni televizorga
aylantirib qo'ysang, dadam ishdan charchab
kelsalar ham, "Men
charchaganman", -
demasdan mening
yonimda bo'ladi. Agar
meni televizorga aylantirib qo'ysang,
onam xafa bo'lib, yolg'iz
qolganida ham meni
e'tiborsiz qoldirmaydi.
Qaniydi, ota-onam hamma
narsani tashlab har kuni ozgina vaqt
men bilan birga
bo'lishsa...
Parvardigorim, balki ko'p
narsa
so'rayotgandirman, lekin chin dildan
so'rayapman. Iltimos...
Meni televizorga
aylantirib qo'y..."""
O'qituvchining eri bu yozma
ishni o'qib bo'lgach hayqirib yubordi:
"Dahshatning
o'zi bu! Bechora bola!”
Yig'layotgan ayolidan
baland ovozda so'radi: "O'zi
qanday axmoq ota- ona ekan ular? Odam
degan ham
shunchalik
bo'ladimi?" O'qituvchi
ayol yosh to'la ko'zlarini eriga
qadab mahzun javob berdi: "Bu
inshoni... bizning
o'g'limiz yozibdi...”
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев