sabab bo'ladi?
Savol: assalomu alaykum,
Odilxon qori aka! 1. Banda
o'lganidan keyin qabrda
azoblanishi aytilgan. Kishi qaysi
gunohlari uchun qabrda
azoblanadi? 2. Qabrda azob
tortgani uchun jahannam
qiynoqlaridan ozod bo'ladimi? 3.
Banda qilmishi uchun bu
dunyoda jazosini olsa, u dunyoda
jazolanmaydi?
Javob: va alaykumus salom. 1.
Qabr azobi haq. Bu jahannam
azobidan oldin, barzax hayotida
sodir bo'ladi. Qabrdagi azobning
haqligi Qur'on oyatlari va hadis
shariflar bilan sobit bo'lgan.
Banda tomonidan qilinadigan
gunohlar uning qabrda
azoblanishiga sabab bo'ladi.
Quyida ulardan ba'zilarini sanab
o'tamiz:
1. Allohga shirk keltirish, Uni
tanimaslik, tavhid e'tiqodidan
uzoq bo'lish.
2. Alloh taoloning shariatiga xilof
ish tutish, gunoh-ma'siyatga
botish.
3. Ikkiyuzlamachilik, tilida
musulmon bo'lib, dilida Islom va
musulmonlarga qarshilik qilish,
zimdan musulmonlar payini
qirqish.
4. Siydikdan poklanmaslik va
g'iybat.
5. Farz namozlariga bee'tibor
bo'lish, namozlarni vaqtida
o'qimaslik.
6. Qur'on o'rgangach, uni
o'qishni va Qur'onga amal
qilishni tashlab qo'yish.
7. Yolg'onchilik, birovning
haqqini eyish, tarozidan urish.
8. So'dxo'rlik qilish (foizga pul
berish).
9. Zino (noshar'iy jinsiy
muomalada bo'lish).
10. Ramazon oyida uzrsiz ro'za
tutmaslik.
11. Allohning zikridan yuz
o'girish.
12. Ishtonini takabburlik bilan
sudrab yurish.
13. Farzandini ko'krak sutidan
mahrum qilish (ayollar o'z
qomatini saqlab qolish uchun
bolalarini emizmasliklari).
14. O'g'rilik.
15. Hayvonni bir joyga qamab
qo'yib, unga ozor berish.
16. Bir narsani aytib, unga o'zi
amal qilmaslik va hokazo.
Kim hayotlik chog'ida mana shu
ishlarni qilib, tavba qilmasa,
mo'min bo'lgani bilan qabrida
azoblanadi. Qolgan “kichik”
gunohlar namoz, ro'za, zakot
kabi solih amallar sababidan
mag'firat qilinadi.
2. Kofirlar, mushriklar va
munofiqlar qabrda ham,
jahannamda ham tinimsiz azob
tortadilar. Ularning qabrdagi
azobi jahannam azobidan
kamroq bo'ladi.
Gunohi kabira qilgan, ammo
tavba qilmay hayotdan o'tgan
mo'minlar qabrda yoki
jahannamda gunohlariga
yarasha azob tortadilar.
Rivoyatlarda kelishicha, gunohiga
munosib tarzda jazo olgan
mo'minlar Allohning rahmati
bilan jannatga kiritiladilar.
Jahannamdagi azobdan qutulish
uchun banda shirkdan
saqlangan, Allohdan o'zga iloh
yo'q, deb e'tiqod qilgan bo'lishi
kerak. Aks holda uning tavba
qilgan yo qilmaganining farqi
bo'lmaydi. Kofir yo mushrik
shafoat qilinmaydi.
3. Shar'iy jazo olgan banda,
masalan zino yoki o'g'rilik qilgani
sabab jazoga tortilgan odam bu
dunyoda jazosini olsa va tavba
qilsa, oxiratda azoblanmaydi.
Vallohu a'lam!
Shunday ekan, har qanday
gunohdan, ayniqsa katta
gunohlardan saqlanish, ojizlik
bilan ma'siyatga qo'l urilgan
taqdirda, darrov tavbaga
shoshilish kerak. Keyin shar'iy
jazo belgilanmagan, ammo o'zi
katta gunoh sanalgan,
bandaning la'natga uchrashiga
sabab bo'lgan gunohlardan ham
juda ehtiyot bo'lish lozim. Tavfiq
Allohdandir!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев