Savol: assalomu alaykum, qori
aka sizdan iltimos, jinlarning
insonga nisbatan tajovuzi xaqida
so'zlab bersangiz, sizga oldindan
raxmat! Alloh ilmingizni barakotli
qilsin!
Javob: jinning turli sabablar bilan
insonga ozor berishi haqiqatdir.
Bu haqida shayx Abu Bakr al-
Jazoiriy: “Albatta jinning insonga
ozor berishi sam'iy va hissiy
dalillar bilan inkor qilib bo'lmas
darajada o'z isbotini topgan. Aql
buni bo'lishi mumkin emas, deb
sanamaydi. Balki bo'lishi joiz, deb
biladi. Agar Alloh insonni saqlash
uchun vakil qilgan farishtalar
bo'lmaganida, jin va
shaytonlarning yomonligidan
hech bir inson qutula olmasdi.
Buning sababi ularni inson
ko'rolmasligi, tezda o'zgara olish
qudratiga ega ekanlari va jismlari
biz seza olmaydigan, his qila
olmaydigan latofatdan
iboratligidir. Bundan ma'lum
bo'ladiki, ba'zi jinlar ayrim
odamlarga ozor berishida shak-
shubha yo'q. Bunga inson ularga
o'zi bilmagan holda qaynoq suv
sepib yuborishi, ustidan bavl
qilishi va shu kabi ishlar sabab
bo'ladi. Jinlar ham o'z o'rnida
ularga ozor berish bilan intiqom
oladilar” degan.
Jinlarning vujudi yumshoq
bo'lgani uchun insonning
tanasida yurishi mumkin. Sababi
yumshoq jism qattiq va quyuq
jismlarga ko'chadi. Ahli ilmlar jin
tegishi kasalligi haqiqatligini
ta'kidlashgan.
Jinning insonga hasad qilishi.
Ibn Qayyim rahmatullohi alayh:
“Ko'z ikki xil bo'ladi: insoniy ko'z
va jinniy ko'z”, degan. Ummu
Salama roziyallohu anhodan
qilingan rivoyatda aytilishicha,
Rasululloh sollallohu alayhi va
sallam uylarida qayg'uli joriyani
ko'rdilar va: “Unga dam solinglar,
sababi unga jin nazar solgan”,
dedilar (Bu rivoyatni Buxoriy va
Muslim keltirgan).
Abu Said roziyallohu anhu rivoyat
qiladi: “Rasululloh sollallohu
alayhi va sallam jinlar va
odamlarning ko'zlaridan panoh
tilardilar. Qachon muavvizatayn
nozil bo'lganida Rasululloh
sollallohu alayhi va sallam ulardan
boshqasi (bilan dam solish)ni
tark qildilar” (Termiziy va Nasoiy
rivoyati).
Muavvizatayn Falaq va Nos
suralaridir. Ma'lumki, ushbu ikki
sura bilan dam solinadi.
Yuqoridagi ikki rivoyatdan
ma'lum bo'ladiki, jinlar
insonlarga hasad qilishi, shu
sababdan ularga ozor berishi
mumkin ekan.
Jin tegishi sabablari.
Quyidagi omillar jinning insonga
aziyat berishiga sabab bo'ladi:
– erkak jinning ayolga yoki
aksincha ayol jinning erkakka
oshiq bo'lib qolishi;
– ustiga qaynoq suv sepish yoki
balanddan qattiq tushish bilan
insonning jinga ozor berib
qo'yishi;
– jinning insonga hech qanday
sababsiz aziyat etkazishi va
hokazo.
Jin tekkanligi alomatlari.
– Allohning zikri va ibodatlardan
uzoqlashish;
– azon aytilganda va Qur'on
o'qilgan yuzini burish, bunga
norozilik bildirish;
– xotiraning susayishi;
– dangasalik, darmonsizlik;
– siqilish, asabiy bo'lib qolish,
tabobatga yot kasalliklar bilan
og'rish;
– yolg'iz qolishga urinish,
odamlardan uzoqlashish;
– uyquda ko'p terlash,
bosinqirash, yaxshi uxlay
olmaslik;
– uyquda bo'g'ilishi, o'zini bir
narsa siqqanday his qilish;
– qo'rqinchli tushlar ko'rish;
– tushida mushuk, it, xachir, ilon,
sher, tulki kabi hayvonlarni
ko'rish;
– uyqusida kulish, yig'lash,
baqirish;
– o'zi bilmagan holda yotgan
joyidan turib yurish;
– uyquda tepalikdan tushib
ketgandek holatga tushish;
– uyquda o'zini qabristonda,
nopok joylarda yoki qo'rqinchli
yo'lda his qilish;
– tushida g'ayrioddiy odamlarni
ko'rish;
– tushida sharpalarni ko'rish.
Jin tegishi turlari.
– butkul jin tegishi, ya'ni inson
a'zosini butunlay jamrab olishi;
– juz'iy jin tegishi, ya'ni ma'lum
a'zolarga tegishi;
– doimiy jin tegishi, ya'ni inson
tanasida jinning doimiy tarzda
turishi;
– vaqtincha jin tegishi, jinning
insonga ba'zida yo'liqishi.
Jin tegishini davolash usullari.
– e'tiqodda mustahkam bo'lish,
ibodatlarni bekamu-ko'st
bajarish;
– davolashda xolis niyat;
– Qur'on karimning jin va
shaytonlarga ta'sir ko'rsatishiga
qattiq ishonish;
– Rasululloh sollallohu alayhi va
sallam o'rgatgan, jin va
shaytondan saqlovchi duolarni
o'qib yurish;
– Qur'oni karim bilan, ayniqsa,
Oyatul Kursiy, Yosin, Ixlos, Falaq
va Nos suralari bilan dam solish;
– jin va shaytonlarga xos
holatlarni bilish;
– shaytonning turadigan joylarini
bilish;
– shaytonni chorlaydigan harom
ishlardan tiyilish.
Shuni unutmaslik kerakki,
mo'min banda oyat va duolar
bandani Allohning izni bilangina
jin va boshqa narsalardan
saqlaydi, degan e'tiqodda bo'lishi
lozim.
Jin tegishidan saqlanish uchun
nima qilish kerak?
– Rasululloh sollallohu alayhi va
sallam o'rgatgan duolarni o'qib
yurish. Zero duo mo'minning
qalqonidir, duo bandani dunyo
va oxiratda qiyinchilik va
balolardan saqlaydi;
– yuqoridan sakraganda
“bismillaah”, deyish;
– erga biron narsa tashlaganda
ham “bismillaah”, deyish;
– qorong'i xonaga kirganda
“bismillaah”, deyish;
– it yoki mushukka sababsiz ozor
bermaslik;
– yolg'iz uxlamaslik. Shunday
bo'lgan taqdirda ta'lim berilgan
duolarni o'qib yotish;
– teshik joylarga hojat qilmaslik;
– uydagi ilonni o'ldirishdan
ehtiyot bo'lish. Sababi u jin
bo'lishi mumkin. Agar o'sha ilon
uch kungacha ketmasa,
Sulaymon alayhis-salomga
bergan va'daga muvofiq bu
erdan chiqib ket, bizlarga ozor
berma”, deyiladi. Shunda ham
chiqib ketmasa, ilon o'ldiriladi.
Hayot sir-sinoatlarga to'la. Bunda
inson aqli etmaydigan, u ko'zi
bilan ko'ra olmaydigan narsalar
ham borki, bunga faqat imon
keltirib, bizlardan talab qilingan
ishlarni bajarishimiz lozim
bo'ladi. Alloh taolo barchamizni
jin va shaytonlarning
yomonligidan saqlasin,
O'zidangina yordam so'rab,
O'zining himoyasiga intiladigan,
oxiratda O'zining roziligiga
erishadigan bandalardan qilsin!
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 5
Mullo ga o'qitayapman 3 marta o'qidila xar shom va xar tong o'zimni yomon xis qilyapman boshidan shu kasallikni o'tkazganlar bulsa iltimos maslaxat beringlar.nima qilay