Ammo men qolyapman ayriliqning mozorlarida. Qalbimda afsuslar, sog’inchlar unar. Ayiriliqning qismatiga bitildim chog’i. Endi u mendan ketmaydi aniq. Mayli mensiz sen baxtli bo’larsan. Balki baxting og’ushida meni unutarsan. Ehtimol o’tgan sevgimizning go’zal umri o’tmishingni qora kuni bo’lib qolar. Balki bularni hotirangdan o’chirib tashlarsan. Ammo menda ishqimizdan bo’lak hotira yo’q. Kunlarimning har laxzasi sening hayoling bilan o’tmoqda. Demak ertangi kunim sen bilan boshlanadi. Sen bilan tugaydi. Hotiraga aylangan kunimda esa yana sen. Sen kuch topa olding. Hatto o’sha alvido so’zni aytmoqqa. Ammo meni bunga qurbim yetmaydi. Yetmaydi hatto hayr so’zini aytishga ham. Ahir men istamayman sevgim shu quruq so’z bilan tugashini. Hohlamayman!
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1