Mashxur nemis kampazitori, musiqa faylasufi I S Bax 1685-yil Germaniyaning Eyzenax shahrida tug'ilgan. Baxlar avlodi azaldan musiqiy qobilyati bn shuhrat qozonganlar. Bax ajdodlari ichidan naychilar, trubachilar, organchilar, skiripkachilaq chiqiwgan. Skiripkada ilk ta'limni otasidan oladi 9 yoshida Baxning ota onasi vafot etib qoladi. Akasi uni o'z tarbiyasiga olib gimnaziyaga joylashtiradi. Bax uchun akasining mashxulotlari zerikarli edi. U o'zi bilim olishga intilar edi. Akasining javonida mashxur kompazitorlarning asarlari yozilgan daftarni topib oladi va uni akasidan yawirib oyni shulasida no'talarni ko'chirib olar edi. Bu mashg'ulotlar 6 oy davom etadi va bo'lajak kompozitorning ko'rish qobilyatiga ta'sir qiladi. U 15 yoshida mustaqil yashash uchun Germaniyaning Luniburg shaxriga ko'chib ketadi. Gimnaziyani tugatgach universitetga kirish imkoniyatiga ega bo'ladi. Lekin Bax bu imkoniyatdan foydalana olmaydi. Chunki u tirikchilik qilish uchun ishlashi zarur edi. O'z hayoti davomida Bax ish joyini o'zgartirgan holda shahardan shaharga ko'chib yashagan. Bunga sabab qoniqarsiz mehnat sharoiti, kamsitishlar va bo'ysunmaslik edi. Bax hayotlik davrida kompazitor bo'lib tanilmagan. U zamondoshlari ichida organchi va klavisin ijrochisi sifatida tanilgan.
1703-yildan boshlab Bax Geqmaniyaning Veymar shahrida yashay boshlagan. Bu yerda organ uchun juda ko'p asarlar yaratgan. Shulardan: re minor takkatasi va fugasi, lya minor prelyudiya va do' minor asarlaridir. Veymarda fransuz klavisinchisi Fransua Kuperen ijodini o'rganadi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев