Предыдущая публикация
Gullarga yuz burgim kelmaydi,
Bu xolni men ko'rgim kelmaydi,
Ajab, hali men sevmay turib,
Qizlar meni sevib qolyapti.
Tashlaydilar o'tkir tik nigoh
Qayga boray, qayda bor panoh,
Garchi sevish emasdur gunoh,
Ajab, hali men sevmay turib,
Qizlar meni sevib qolyapti.
Mazmuni yo'q qilgan ishimni,
Olmoqchilar aqlu hushimni,
Eslolmayman ko'rgan tushimni,
Ajab, hali men sevmay turib,
Qizlar meni sevib qolyapti.
Mayli seving, seviling ammo
Barno, Zo'hra, Shirin-u, Laylo,
Bosiq bo'ling shoshmangiz aslo,
Ajab, hali men sevmay turib,
Qizlar meni sevib qolyapti...!
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1