Masjid darvozasidan maktab
kiyimida chamasi olti, yetti
yoshlardagi bolakay kirib kelib,
hovlidagi o’rindiqda suhbatlashib
o’tirgan nuroniylarga salom
berdi:
–“Assalom-u alaykum”
Qariyalar bolaning salomiga alik
olishdi:
–“Voalaykum assalom, katta yigit
bo’ling, keling bolam, kimni izlab
keldingiz?”
–“Xudoni….”
Namozxon chollar hayrat aralash
bir-birlariga qarab, jim qolishdi.
Bolakay gapida davom etdi:
–“Qayerda o’tiribdilar? Iltimosim
bor edi….”
Qariyalar orasidan bir odam turib,
bolakayning oldiga kelib,
cho’kkaladi-da söradi:
–“O’g’lim kim sizga bu haqida
aytib berdi? Kimning o’g’lisiz?”
Bolakay biyron tili bilan so’zladi:
–“Ahmad domlaning, buvim
aytgandilar, bu yer Xudoning uyi
ekan. Kecha yana aytdilarki, u
kishi har diyonatli bandasining
tilagini bajararkan. Men ham u
kishining bandasi ekanman, hali
gunoh ish qilmagan ekanman,
yaxshi bola bo’lganim uchun men
ham diyonatli ekanman, u
kishidan so’raydigan juda muhim
iltimosim bor….”
Amaki o’ylanib qoldi – Ahmad
domla, matematika öqituvchisi,
hali jajji bo’lsa ham, bolasi yaxshi
tarbiya olibdi – keyin, bolakayga
yuzlanib:
–“Yuring, hozir birga tahorat
olamiz, keyin Xudodan
iltimosingizni so’raymiz.”
Bolakay xo’p degandek boshini
qimirlatdi, va amakining ketidan
ergashib, xuddi bir narsaga
ulgurmay qolayotgandek
shoshib-shoshib yuz qo’llarini
yuvdi….
Keyin masjid ichkarisiga kirib,
peshin nomoziga tayyorlanishdi.
Amaki unga:
–“O’glim, hozir hamma duoga qo’l
ochganida siz ham qo’l ochib
Xudodan iltimosingizni so’rang.”
Bolakay yana xo’p degandek
boshini qimirlatib, qator-qator
odamlar orasidan Xudo kim ekan
deb izladi. Nomoz so’ngida
hamma duoga qo’l ochib duo
qilishni boshladi. Bolakay ham
qo’llarini qovushtirib sözlay
boshladi:
–“Buvim aytdilar, meni
yoshimdagilar farishta bo’larkan,
nima so’rasam berarkansiz,
o’zimga kerakmas, dadamlarga
yordam bering, oyimni asrab qola
olmayotgan ekanlar.
Aytishlaricha, oyimni faqatgina
sizning yordamingiz qutqarar
ekan. Mashinachalarimni, mayli,
rasmli kitoblarimni ham oling,
faqat bittagina oyimni olmang,
koptok olaman deb oxirgi qordan
beri yig’ayotgan pulim ham bor,
uni ham beraman….
Singlimni bog’chadan olib uyga
qaytishim kerak, uniyam,
meniyam oyimlarni oldilariga
kiritishmayapti. Sog’indik... -
bolakayning yuzlariga yosh
dumaladi,- ayniqsa singlim,
kechasi ‘oyi’ deb yig’lab chiqadi.
Men-ku kattaman, o’gil bolaman,
chidayman. Hech bo’lmasa oyim
singlim bilan qolsin. Iltimos….
Omin, Olloh-u Akbar”... Bola
jimgina örnidan turib, közlarini
qöli bilan uqaladi va ko’chaga
chiqib ketdi.
Amakining, bolakayning
gaplaridan ta’sirlanibmi, yoki
boyagina odamlardan eshitgan,
matematika o’qituvchisi
Ahmadning xotini vafot etganligi
haqidagi xabarni eslabmi
ko’zidan yosh sizdi…
(Muallif: Bekzod Xo’janazarov)
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1