Homiladorlik taqvimi (kalendari)
Onaning holati
Bachadon yuqori qismi shundoq ko'krak tagida joylashgan. Nafas olish qiyinlashmoqda, gohida bolaning oyoqlari sizning qovurg'alaringizni tepkilab og'ritib qo'ymoqda. Endi sizning butun hayotingiz va xayolingiz bo'lajak onalik davri bilan bog'liq.
Siz bu kunlarga kelib ancha charchagan bo'lishingiz mumkin, lekin buning mevasi sizning taqdiringiz, sizning hayot mazmuningiz - farzandingizdir.
Qaysi tug'ruqxonada qanday yo'l bilan tug'ish haqida ginekolog bilan oldindan gaplashib oling.
Endi siz tuqquningizcha ginekolog huzurida 1 haftada bir marta bo'lishingiz kerak bo'ladi. Ko'pchilik bolalar tug'ish yo'llari tomon boshi bilan joylashgan bo'ladilar. Lekin bolalarning 4 foizi tozi bilan tug'ilish tomonga qaragan holda joylashib olishi mumkin. Xavotir olmang. Bu haqda oldinroq biib oldingi haftalarda tavsiya etilgan mashg'ulotlarni amalga oshirib ko'ring. Ko'pincha bola boshi bilan ag'darilib oladi.
Shu davrda ona ishlamay bo'lajak tug'ish jarayoniga jismonan va ruhan tayyorlanish tavsiya qilinadi.
Agar bola hozir tug'ilib qolsa, u bemalol yashab ketadi. Bolaning boshi sizning tozingizga bosim berishi mumkin. Kattalashgan qorningiz sizning harakatlaringiz muvofiqligini buzmoqda, shuning uchun qaddingizni rostlab yurish haqida unutmang.
Bola tug'ish yo'llari tomon pasaygani tufayli qorin oshqozon va diafragmani kamroq ezmoqda. Shuning uchun bu yog'iga jig'ildoq qaynashi, hansirash, ovqatni hazm qilish bilan bog'liq muammolar kamroq yuz beradi.
Lekin siydik pufagiga bosim ortgani uchun siydik qistashi yanada tez-tez sizni bezovta qiladi.
Uyqusizlik va og'ir yukingiz sizni juda charchatib qo'ygan bo'lishi mumkin. Tug'ruqxonaga olib boradigan narsalarni yig'ib oldindan tayyorlab qo'ying.
Bola uchun barcha kerakli narsalarni tayyorlab qo'yganingizga amin bo'ling.
Oyoqlaringizda tomirlarning kengayishi va shishlar vujudga kelmasligi uchun ularni doim gorizontal holatda ushlang. Emizish uchun maxsus byustgalterlar sotib oling. Tug'ruqxonaga olib ketadigan va tuqqandan keyin uyda kerak bo'ladigan oziq ovqatlarni ta'minlab qo'ying.
O'ttiz oltinchi haftaga kelib onaning vazni 13 kgga oshgan bo'lishi optimal hisoblanib, tuqqandan keyin o'z vazningizga qiyinchilik tug'dirmaydi.
Homiladorlikning 3 - trimestrida samolyotda uchishdan ehtiyot bo'lganingiz ma'qul. Agar muddatidan oldin tug'ruqlar boshlanib qosla, samolyotda muddatidan oldin tug'ilgan bolaga maxsus qarov berish uchun imkoniyat bo'lmaydi.
Mashina yoki boshqa yer transportlaridagi sayohat sizga zarar keltirmadi. Faqat siz orada toza havoga chiqish imkoniyatingiz bo'lishi kerak va sayohat siz uchun yoqimli bo'lishi lozim.
Bolaning holati
Bolaning uzunligi 45-46 sm
Og'irligi - 2300 gr
Bolaning yuzi to'liqlashib silliqina bo'lib qoldi. Unda shiringina lo'njlari paydo bo'ldi. Bu lo'njlar teri osti yo'g qatlamining ko'payishi va bachadon ichida barmog'ini so'rishi natijasida vujudga keldi. Bolaning bosh suyagi hali yumshoq, u tug'ish jarayonida bola tug'ish yo'llaridan o'tayotganda biroz shakli o'zgaradi. Bu yoki keyingi haftadan boshlab bolangiz tug'ilish uchun astoyidil harakatini boshlaydi.
Ultra tovushli diagnostika yordamida yoki shifokorning maxsus o'lchovlari yordamida bolaning taxminiy o'lchamlarini bilsa bo'ladi.
Homiladorlikning 9-oyidan boshlab bola kuniga 14 gramdan 28 grammgacha vazn oshirmoqda. Uning jigarida unga yangi hayotida kerak bo'ladigan temir moddasini ishlab chiqarmoqda. Temir moddasi uning qon ishlab chiqishini ta'minlaydi. Yelka va belini qoplab turuvchi momiq tuklar tug'ilguniga qadar yo'q bo'lib ketadi.
Bola keskin o'sib bormoqda, bachadonda unga joy kamayib ketmoqda, uning harakatlari sizga aniq sezilmoqda.
Agar bu sizning birinchi homiladorligingiz bo'lsa, u holda bolaning boshi toz sohasiga tushgan bo'lib, sizga osonroq nafas olishga yordam bermoqda.
O'gil bolalarda tuxumdonlari aniq belgilandi...!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 17