•.¸Taqdir yo'llari¸.•.¸♠
Shahar markazidagi köp qavatli
uylarning birida ko'zlari moviy,
sochlari tim qora, yanoqlari qizil,
go'zal bir qiz yashardi. U sira
jilmaymas, doim g'amgin yurardi.
Chunki u og'ir hastalikka chalingan va o'limini kutardi. U
har kuni deraza oldida
o'tirib, uyi qarshisidagi bir
daraxtga termulardi. O'ziga-o'zi
shu daraxt barglarini to'kib
bo'lganida, men olamdan ko'z yumaman deb yurardi. Oradan
vaqtlar ötib kuz keldi. Daraxtning
barglari esa asta- sekinlik bilan
to'kila boshladi. Qiz esa kun
sanab
daraxtga tikilib ötirardi. Nihoyat qish kelib daraxtda qöl b-n
sanarli bir-necha yaproq qoldi.
Qizning bölsa rangi sönib borar,
umidsizlik domiga chökkandi.
Nihoyat daraxtda bittagina barg
qoldi. Qiz shu kuni har doimgidan ham ma'yus va sölg'in edi. U
ertangi kun bu hayotni tark
etaman deya yostiqqa bosh
qo'ydi. Shu kuni tunda qattiq
shamol bo'lib, yomg'ir yog'di.
Tong otib qiz uyg'ondi va nafas olayotganligini, hali tirik
ekanligini öylab, nima bo'lganiga
tushunmasdan deraza qarshisiga
yugurdi. Daraxtdagi sönggi
yaproq göyoki özining tökilishini
istamasdan umidvor urayotgan bir yurak borligini his qilgandek
sovuq shamolda tebranib turardi.
Qiz jimgina nigohini yaproqdan
uzdi va ertangi kunni kuta
boshladi. Ertasi kun yana tongda
uyg'onib deraza tomon shoshildi. Zafaron barg hamon öz joyida
mag'rur turardi. Ertasiga, ertadan
keyin, va undan keyin ham... Barg
xuddi hech qachon
tökilmaydigandek edi. Qiz nima
bölayotganligiga tushunmas, lekin uning ham osonlikcha jon
bergisi kelmasdi. Qahraton
sovuqda ham, izg'irin shamollar
esganda ham barg bir zaylda
hilpirab turar, qiz bölsa undan
hayot u-n kurashishni örgangandi. Unda hayotga
ishonch uyg'ongan va yashashda
davom etardi... Shu tariqa bahor
kelib daraxt
yangidan kurtak chiqara
boshladi. Shifokor qabulida bölgan qiz tuzala boshlaganligini
eshitib sevinardi. U nihoyat
tabassum qilishni örgangandi...
Qizning uyi röparasidagi köp
qavatli uyda bir rassom yigit
yashardi. Yigit röparadagi uyda yashovchi közlari moviy, sochi tim
qora, lekin sira kulmaydigan
gözal qizni yoqtirardi. U qizni
soatlab kuzatar, uning suratini
chizishni istar va bu surat asarlari
ichida "shoh asar" bölishini xohlardi. U qizni kulib turgan
chehrada suratda tasvirlashni va
bu orqali qizga tabassum
naqadar yarashishini aytishni
istardi. Bir kuni u qizning og'ir
hastaligini va röparadagi daraxt barglari tökilib bölgan kun joni
uzilishiga ishonishini bilib oldi. U
qizning ma'yusligidan siqilar,
uning uzoq yashashini, baxtli
bölishini istardi. Qish kelib
daraxtda bitta yaproq qolganida u qizda yashashga umid
uyg'otish yölini topdi. U
haqiqiysidan farq qilmaydigan
darajada öxshash barg rasmini chizib,
sönggi tunda daraxtga örnatdi. Shu kuni
kuchli yomg'ir yog'di. Tongda qizning hayratini körib, öz ishidan sevindi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1