Предыдущая публикация
Ming bo'lakka bo'lib dunyoni,
Tug'ilgandan baxtni izlaymiz.
Qo'llaridan tutib ro'yoni
Atrofda baxt, ba'zan bilmaymiz!
Baxtlar bilan bezatilgan taxt,
Xudoyimga yetsa bas zoring
Kimdir seni sog'insa, shu Baxt,
Baxt aslida dunyoda boring!
Kimlarnidir sevib, sog'inib,
Intizor-la uni kutganing.
Baxt aslida tomog'ing bilan,
Shu bir qultum suvni yutganing!
Hamma yerda baxtlaring sochiq,
Bahorlardan go'zallik yiqqan.
Baxt emasmi? Ko'zlaring ochiq
Osmonga boq, ko'kka oy chiqqan.
Senga yana nima yetmaydi?
Hattoki baxt - yelib tolmoqlik.
Hammaga ham nasib etmaydi,
Tongda turib nafas olmoqlik!!!
Erkin Vohidov
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 10
Ajoyib