♥Seni sevganlarim yodingga tushsin.
♥Qismating oldida ojiz qolganda.
♥Meni kuyganlarim yodingga tushsin.
♥Sendan baxtlar yuzin bursa yig'lama.
♥Yuraging alamga to'lsa yig'lama.
♥Hayotdan umiding so'nsa yig'lama.
♥Meni aytganlarim yodingga tushsin.
♥Suyganing yuz burib vafo qilmasa.
♥Bitta shirin so'zin ravo ko'rmasa.
♥Va'dalar bersa-yu ammo kelmasa.
♥Meni kutganlarim yodingga tushsin.
♥Qalbingni dardini aritolmasang.
♥Umringni bir kunin yoritolmasang.
♥Kimnidir qiynalib unutolmasang.
♥Alam yutganlarim yodingga tushsin.
♥Ko'z oldingda yoring xiyonat qilsa.
♥Sen ko'z yosh to'ksang-u beparvo kulsa.
♥Atayin yoningda o'zgani quchsa.
♥Meni ko'rganlarim yodingga tushsin.
♥Mayli men roziman eslamasang ham.
♥Sen qaydasan deb izlamasang ham.
♥Kimgadir bu haqda so'zlamasang ham.
♥Seni sevganlarim yodingga tushsin.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев