Ammo ularning ba’zilaridan keyin TO ham ING ham kelishi mumkin. Shunday fe’llarning ba’zilarini ko’rib chiqamiz va qaysi holatda TO, qaysi holatda ING ishlatilishini o’rganamiz.
REMEMBER + TOyoki+ ING
Remember fe’lidan keyin infinitiv yoki gerund ishlatilishida “remember” (“eslamoq”) ish-harakatining qaysi vaqtda sodir etilayotganligiga e’tibor berishingiz kerak.
Agar biror ish-harakatni bajarishdan OLDIN “eslash” bo’lsa, remember fe’lidan keyin TO infinitiv ishlatiladi. Masalan: Tomrememberedtolock the car before he went into the building – Tom binoga kirishidanoldinmashinasini qulflashni esida saqladi. (eslash mashinani qulflashdan oldin amalga oshirilayapti, shuning uchun fe’ldan keyin TO infinitiv ishlatilgan).
Bordi-yu eslash biror ish-harakatni bajarib bo’lgandan KEYIN amalga oshirilsa, bu holatda remember fe’lidan keyin ING gerund ishlatiladi. Masalan: Tom was inside the building and he clearlyremembered lockingthe car. – Tom bino ichida edi va u mashinaniqulflaganliginianiq eslay olardi.
TRY + TOyoki+ ING
Try (“harakat qilmoq, urinmoq”) fe’lidan keyin ham yoki infinitiv yoki gerund ishlatilishi mumkin. Bunda “harakat qilmoq, urinmoq” fe’lining bajarilishidagi munosabatga e’tibor beramiz.
Agar ish-harakatni bajaruvchi nimadir qilishga qattiq harakat qilsa, bor kuchini sarflab urinsa, try fe’lidan keyin TO infinitiv ishlatiladi. Masalan: Tomtriedtocome to our party but he was too busy working in his office. – Tom bazmimizga kelishga harakat qildi ammo u idorasidagi ishib bilan juda band edi. Tom kelishga qattiq kirishib harakat qilgan, ammo band bo’lganligi uchun uddalay olmagan.
Kimdir nimanidir bajarishga shunchaki urinib ko’rsa, qattiq harakat qilmasdan shunchaki nimanidir bajarishni sinab ko’rsa, try fe’lidan keyin ING gerund ishlatiladi. Masalan: Tomtried drinkingsome juice to see if he liked it. – Tom sinab ko’rish uchun sharbatdan bir ozta’tib ko’rdi. Tom bu ishni shunchaki sinov uchun, hech qanday qattiq kirishish yoki harakat qilishsiz amalga oshirdi.
LIKE + TOyoki+ ING
Yoqtirish fe’lidan keyin infinitiv yoki gerund ishlatilishida ham so’zlovchining ish-harakatga nisbatan munosabatiga e’tibor qaratamiz.
Agar so’zlovchi “yoqtiraman” degan so’zi orqali “rohatlanaman”, “bu ishni bajarishdan ma’naviy zavq olaman” degan ma’noni anglatayotgan bo’lsa, demak LIKE fe’lidan keyin ING gerund ishlatiladi. Masalan: Ilikelisteningto music. – Men musiqa tinglashni yoqtiraman. Men musiqa tinglaganimda rohatlanaman, zavqlanaman, degan ma’no keltirib chiqariladi.
Agar kimdir “yoqtiraman” deyish orqali “bu ishni bajarish to’g'ri hisoblanganligi uchun yoqtiraman”, “shu ishni qilish hammaning nazdida to’g'ri bo’lganligi uchun yoqtiraman”, degan ma’no anglatilsa LIKE fe’lidan keyin TO infinitiv ishlatiladi. Masalan: Ilike toclean my shoes before I go out every morning. – Har ertalab tashqariga chiqishdan oldin men oyoq kiyimlarimni tozalashni yoqtiraman. Bunda so’zlovchi oyoq kiyimlarini tozalashdan rohatlanmaydi, zavqlanmaydi. Shunchaki, toza oyoq kiyimlarda yurish odobli, yaxshi, deb hisoblaydi. Shuning uchun ham bu ishning to’g'ri ish, deb hisoblaganligi sababli u har ertalab oyoq kiyimlarini tozalashni yoqtiradi.
Yuqorida faqat uchta fe’lni ko’rib chiqdik. Bulardan tashqari yana boshqa fe’llar ham o’zidan keyin TO yoki ING olishi mumkin. Ularni farqlash uchun ko’proq REMEMBER fe’li bilan ko’rib o’tgan holatimizga e’tibor berishingiz kerak. Ya’ni, o’sha ish-harakat bajarilishidan oldin bo’layaptimi, yoki fe’l ish-harakat bajarilishidan keyingi holatni ifodalayaptimi. Barchasi emas, ammo ko’pchilik fe’llar o’zidan keyin TO yoki INGni aynan shu qoida asosida oladi.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев