Bir er-xotin yangi kvartiraga ko‘chib o‘tishibdi. Ertalab ayoli derazadan boqib qo‘shni ayolning yuvilgan kiyimlarni dorga yoyishini tomosha qilib turib eriga gapirdi:
- Qarang-a dadasi, anovi qo‘shnimiz yuvgan kiyimlarning kirligini..
Eri esa unga e'tibor bermay gazeta o‘qishda davom etardi.
- Uning sovuni yoki kir kukuni yomon bo‘lsa kerak. Yoki kir yuvishni umuman bilmaydi. O‘rgatsam bo‘larkan...
Shunday qilib har safar qo‘shni ayol kir yoyganida xotini kiyimlarning naqadar kirligiga hayron bo‘lib, eriga bu haqda gapirardi.
Kunlardan bir kun ayol eriga qarab:
- Ooo, bugun kiyimlar tozaku! Kir yuvishni o‘rganibdi shekilli va nihoyat, - debdi.
Eri esa xotirjamlik bilan unga javob beribdi:
- Yo‘g‘-e. Shunchaki men bugun vaqtliroq uyg‘onib derazamizni artib, tozalab qo‘ydim...
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1