Chaqaloqni beshikka solishdan oldin aytiladi:
- Shugina jonim, bir jonim,
Bo'ynimdagi marjonim.
Xudo berdi sevsin, deb,
Oltin beshikka kirsin, deb.
Chaqaloqni beshikka solayotganda, ataylab teskari yotqiziladi:
- Bunday yotadimi?
- Yo'q! Yo'q!
- Bunday yotadimi?
- Yo'q! Yo'q!
- Bunday yotadimi?
- Ha! Ha!
Chaqaloq beshikka to'g'ri holatda yotqizilgach, aytiladi:
- Qoch, qoch, babasi,
Keldi egasi.
Uxlab dam olsin,
Quvnab uyg'onsin.
Bolani beshikka belagach, isiriq tutatiladi:
Isiriq, isiriq,
Chatnasin isiriq,
Patlasin isiriq,
Bolamga ko'z tegmasin...
* * *
Isiriq dona-yu dona,
Tutunidan to'lsin xona.
Kuya qolsin hasadli ko'z,
Ko'cha qolsin g'arazli ko'z.
Ko'chsin, ko'chsin, cho'lga ketsin,
Oqsin, oqsin, koiga oqsin,
Bachaginam yashnab-boqsin.
* * *
Isiriq ismon dedilar,
Ming dardga darmon dedilar,
Eshikdan kelgan baloga
Isiriq ? qalqon dedilar.
Bolani beshikka har safar belayotganda yangitdan aytiladi:
Ket, ket, babasi,
Keldi egasi.
***
Beshigi - taxta,
Orqasi - paxta.
Egasi keldi,
Kuchugi, qoch.
Ichida yotganning
Bahrini och.
Bolani beshikdan yechib olayotganda aytiladi:
Taq-tuqi gavora bo'lsin,
Dushmanlari ovora bo'lsin.
Uyqusi beshikda qolsin,
Dushmanlari eshikda qolsin.
* * *
Bolam orqasi - paxta,
Bolam beshigi - taxta,
Taxtasi yumshoqqina,
Shu bolam ushshoqqina.
So'ngra uch marta: - "o's, o's, o's", - deya o'ng qo'l bilan bola yotgan o'rin siypalanib, orqa beli uqalanadi, keyin: "o's, o's, o's", - deya bolaning o'ng va chap qo'ltig'idan ko'tarib qo'yiladi.
Bolaning tishi chiqqanda aytiladi:
Ikki tishingdan aylanay,
Qilgan ishingdan aylanay.
Madrasaning qubbasiday
Lo'nda boshingdan aylanay.
* * *
Ikki tishingga dur bo'lay,
Etgan ishingga qui bo'lay.
Xaloyiqning ko'zi bo'lib,
Duogo'ying o'zim bo'lay.
Bola mustaqil o'tirganida aytiladi:
O'tirsin-o, o'tirsin,
Boshini guldan to'ldirsin.
Shuginani ko'rgan qizlar
Havas bilan kuldirsin!
Bola mustaqil tura boshlaganida, yura boshlaganida aytiladi:
Toy-toy, bolam, toy, bolam,
Shirin erkatoy bolam,
Yumshoq sarimoy bolam,
O'zimninggina oy bolam.
* * *
Adaq-adaq yursin,
Shunga tikan kirmasin.
Ko'zi qattiq bandaning
Ko'zi shunga tegmasin.
* * *
Chopib-chopib yurganda
Chaqir shunga urmasin.
Yugurib-yugurib yurganda
Sira tikan kirmasin.
* * *
Yugursa, onasi ko'rsa,
Yugursa, otasi ko'rsa.
Yugurib bozorga borsa,
Go'sht-u birinj keltirsa.
Onasi pazanda bo'lsa,
Bolasi xo'randa bo'lsa.
Bolaning barmoqlarini birma-bir bukib, aytiladi:
Bosh barmoq,
Bodom barmoq,
O'rta terak,
Hojimirak,
Kichkina bo'bak.
Oxirgi satr aytilayotganda bolaning ko'ksi qitiqlanadi.
Bolaning qo'lchalarini chapak-chapak qila turib aytiladi:
Chapak-chapak,
Pishirdik chalpak.
Derazaga qo'yamiz,
Sovishini kutamiz.
* * *
Hoy-hoy, chapak-chapak,
Chapakisi kimga kerak?
Otajoni bozor borsa,
Telpagi suvsari kerak.
Bola kasal bo'lganida aytiladi:
Dardingni olay o'zim,
To'rvaga solay o'zim.
To'rva teshilib ketsin,
Darding to'kilib ketsin.
* * *
Darding ursin daftarga,
Uchib yurgan kaptarga,
Iyik bilan biyikka,
Sakrab yurgan kiyikka.
* * *
Sadqaman-u, sadqaman,
Shu qizchaga sadqaman,
Qirmizchaga sadqaman.
Ko'zchasi og'rib qopti,
Endi boray qayga man?
Bolani yuvintirayotgan, cho'miltirayotgan paytda aytiladi:
Oymoma ilia,
Qanoti tilla.
Dilshodjonning yuzini
Sovuq suvga yuvma.
* * *
Aylanayin oqchamdan,
Lablari qaymoqchamdan.
Iskasam zomichadek,
Cho'milsa gul-g'unchadek.
Suv pok, sen nopok,
Pok suv senga bo'lsin.
Nopokliklar bari
Yomonlarga bo'lsin.
Suv pok, sen nopok,
Pok suv senga bo'lsin.
Sani nopokliging
Ko'chadagi bobo'vlarga bo'lsin.
Bolaga yangi kiyim kiygizayotganda aytiladi:
Muborak bo'lsin, kiyib o'ssin,
Kiyib yirtmak nasib etsin.
* * *
Kiyim to'zsin,
Bolam o'ssin.
Yoqasi xajli bo'lsin,
Etagi qutli bo'lsin!
* * *
San - bir yillik,
Man - ming yillik.
Kiya-kiya to'zdiraylik,
Dugonalaridan o'zdiraylik.
* * *
Yoqasi moyli bo'lsin,
Etagi loyli bo'lsin.
Mayli, bir yilda to'zsin,
O'zi-chi, ming yil kulsin.
Bolaning yuzini yuvish paytida:
Huvva-huv,
Ariqda suv,
Betingni yuv!
Huvva-huv,
Mushuk narvonda,
Tovuq ayvonda.
Huvva-huv,
Betingni yuv!
Beshiktervatti
Tervatib ketdi.
Huvva-huv,
Betingni yuv!
* * *
Oq kaptarim non yeydi,
Ko'k kaptarim don yeydi.
Kimning esi yo'q bo'lsa,
Qo'lini yuvmay non yeydi.
QO'LLAR MASHQI
Qo'l barmoqlari bukib musht qilinadi:
Chaq-chum, chaqa-chum,
Barmoq bukilar.
Chaq-chum, chaqa chum,
Qo'llar musht bo'lar.
Qo'llar musht holatda bir-birining ustiga urib, bolg'acha bilan mix qoqish taqlidiy harakati ko'rsatiladi:
To'q-to'q, bolg'acha,
Quramiz uycha.
To'q-to'q, bolg'acha,
Uchib kel, qushcha.
Qo'llar yordamida nog'ora chalish taqlidiy harakati ko'rsatiladi:
Tak-tum, taka-tum,
Nega ko'p shovqin?
Tak-tum, taka-tum,
Erta uyg'ongin.
Qoilar yordamida surnay chalish taqlidiy harakati ko'rsatiladi:
Nay-nay, nana-nay,
Chaladi surnay.
Nay-nay, nana-nay,
Ovozi shunday.
Qoilar yordamida childirma chalish taqlidiy harakati ko'rsatiladi:
Bum-bak, baka-bum,
Childirma chalar.
Bum-bak, baka-bum,
Bolalar o'ynar.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 28
Okahonu opahonlar agar o'zbek bo'salaring shundo statusimga o'tib fikr bildirvoring agar klas bossayiz klas qaytadi vaqtingizni olgan bo'lsam uzr!
СОГЛОМ турмуш тарзи-Бахтли хает асосидир
Телеграмда кутиб коламиз
https://telegram.me/salomatli_sirlari
https://telegram.me/joinchat/ABLbAj3KfLo7xHFKv0MhNA
адашманг сизни
Кутамиз бу имконяттан фойдаланип колин бунакаси хали булмаган
шошилинг
(((Москва- Тошкент-Москва )))((2000 рубил))йул Кира хакки без пасредник
Энди сиз без пасредник тогридан тогри Автобиз билан мулокат
килишингиз мумкин.
Ал- кония фирмасидан Езги Акция!!! Акция!!! 12.05.16.дан 12.06.2016 гача
Акция!!!
Энди сиз (((2000 рубил ))) га Тошкентга етволишингиз мумкин Адашмен
Пасредник лар кулига тушип колманг тогридан тогри мулокатка чикинг
Бизнинг тилфон номирларимиз 89661088484еки 89254045151икромжон
Узбекистондан номиримиз +998934824210 ботиржон мурожат этишингиз
мумкин
Факс:254-47-00
Сизга хизмат курсатишдан мамнунмиз: