Tinglang Tinglang bu abadiy Sado bo'ladi Gadoni dushmani gado bo'ladi Ikkisin bir-birin tugatguncha to O'rtada bu Dunyo Ado bo'ladi G'iybatchining Mish-mishidan ranjimang aslo Nima bo'lsa asli naslida bo'lgan Onasin qornidan o'zi ham hatto Turli mish-mish bilan dunyoga kelgan Deydilar it hurar, o'tadi karvon, Ranju malomatda qolmasin joning, Lekin alam qilar bir umr giryon, Itlar orasidan o'tsa karvoning. Eshitib qoldim kimdir o'lganligim aytib shod yurganmish Men olgan so'ng unga go'yo shuhrat kelganmish He olam avvalo otingni chu deb Ajal seni meni tanlab turmasmish Shuhrat degani bu ko'rinmas bir ot Minsang yulduzlar ham qo'lingda turar Chavandoz mingan song hushyorroq otir Ostingda minglab chuqur ko'rinmay turar Yo'limni to'sma ey ko'ngli qora zot Nahot bo'ronni ham yo'lin to'ssalar So'ngra alam bilan ko'tarma faryod Qurgan kapachangni buzib ketsalar. Jami tiriklikka ayon bu xatar Qumursqa yaralga yoppa talarga,
Do'stim alam qilar arslon bexabar Yem bo'lib ketsak u qumursqalarga. Biz ham yuksaklarga tikkandik ko'zni Bizda ham bor edi matonat, bardosh Arslon chorlagandi qoshiga bizni, Lekin qumursqalar bo'ldi safardosh. Burgut yashashi kerak bo'lgan cho'qqida Chittak ucib yurar - bunga ne sabab? Barchadan so'radim bu hol sababin, Barcha jim, soqovday qotgan, voajab! Bulbulning makoni gulzor ichinda, Qarg'a sayrab yurar - bunga ne sabab? Tulporlar ichinda birinchi bo'lib Hangrab o'tib ketdi bir narsa ajab. Barchadan so'radim bu ish sababin Barcha jim soqovday qotgan vo ajab Hey o'g'il, Hey o'g'il haddingda tut Otang sani sotganda ham Inchirun mushfiq onangni so'zlari botganda ham Otaga tik boqma imoning saqla Farzandsan sen doim burchingni oqla Otaga cho'p otsang kun o'tib bir kun Farzanding senga tosh otmog'i mumkin Kimki ota ham onani ursa Uxlasinu ko'zi yumuq uyg'onsin Kim urf-odatin, sanatin sevmasa El ichida tulki shaqol nomini olsin Allomalar so'zin aytdim sizlarga Mano ulab bir biri sozlarga Agar og'ir botsa uzr ey dostim Songra malomatlar otmang bizlarga Malomat otsang ham o'sha o'shaman Tursangda yotsang ham o'sha o'shaman Ortimdan sudralib yetolmay hurib Botqoqqa botsang ham o'sha o'shaman
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 4