BOLAKAY...Masjid
darvozasidan maktab kiyimida
chamasi olti, yetti yoshlardagi
bolakay kirib kelib, so’l
tomondagi o’tirg’ichda
suhbatlashib o’tirgan
nuroniylarga salom berdi:
"Assalom-u alaykum.” Qariyalar
hayron bo’lishib: "Vaalaykum
assalom, katta yigit bo’ling,
keling
bolam, kimni izlab keldingiz?
Bolakay: "Hudoni….” Nomozxon
chollar hayrat aralash bir-
birlariga
qarab, jim qolishdi. Bolakay
davom etdi: "Qayerda
o’tiribdilar?
Iltimosim bor edi….” Qariyalar
orasidan bir odam turib,
bolakayning oldiga kelib,
cho’kkaladi-da: "O’g’lim kim
sizga
bu haqida aytib berdi? Kimning
o’g’lisiz?” Bolakay biyron tili
bilan
so’zladi: "Ahmad domlaning,
buvim aytgandilar, bu yer
Hudoning uyi ekan, kecha yana
aytdilar, u kishi har diyonatli
bandasining tilagini bajararkan.
Men ham u kishining bandasi
ekanman, hali gunoh ish
qilmagan ekanman, yaxshi bola
bo’lganim uchun men ham
diyonatli ekanman, u kishidan
so’raydigan juda muhim
iltimosim bor….” Amaki o’ylanib
qoldi, Ahmad domla, kim ekan
u,
hali jajji bo’lsa ham, yaxshi
tarbiya
olibdi bolasi. Keyin, bolakayga
yuzlanib: "Yuring, hozir birga
tahorat olamiz, keyin Hudodan
iltimosingizni so’raymiz.”
Bolakay
ho’p degandek boshini
qimirlatdi,
va amakining ketidan ergashib,
xuddi bir narsaga ulgurmay
qolayotgandek shoshib-shoshib
yuz qo’llarini yuvdi.Keyin masjid
ichkarisiga kirib, peshin
nomoziga tayyorlanishdi. Amaki
unga: "O’glim, hozir hamma
duoga qo’l ochganda siz ham
qo’l
ochib Hudodan iltimosingizni
so’rang.” Bolakay yana ho’p
degandek boshini qimirlatib,
qator- qator odamlar orasidan
Hudo kim ekan deb izladi.
Nomoz
so’ngida hamma duoga qo’l
ochib duo qilishni boshladi.
Bolakay ham qo’llarini
qovushtirib: "Buvim aytdilar,
meni
yoshimdagilar farishta
bo’larkan,
nima so’rasam berarkansiz,
o’zimga kerakmas, dadamlarga
yordam bering, oyimni asrab
qola
olmayotgan ekanlar.
Aytishlaricha,
oyimni faqatgina sizning
yordamingiz qutqarar ekan.
Mashinachalarimni, mayli,
rasmli
kitoblarimni ham oling, faqat
bittagina oyimni olmang,
koptok
olaman deb ohirgi qordan beri
yig’ayotgan pulim bor, uniyam
beraman….Singlimni
bog’chadan
olib uyga qaytishim kerak,
uniyam, meniyam oyimlarni
oldilariga kiritishmayapti,
sog’indik, ayniqsa singlim,
kechasi ‘oyi’ deb yig’lab chiqadi,
menku kattaman, o’gil
bolaman,
chidayman. Hech bo’lmasa oyim
singlim bilan qolsin. Iltimos….
Omin, Olloh-u Akbar” – dedi-da
yugurib ko’chaga chiqib ketdi.
Amaki, bolakayning gaplaridan
ta’sirlanibmi, yoki bugun
peshindan keyin chiqarilishi
kerak bo’lgan matematika
o’qituvchisi Ahmadning xotini
vafotini eslabmi ko’zidan yosh
sizdi…
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 12