kelmadi,
Ko’zlarimg’a kecha tong otguncha uyqu
kelmadi.
Lahza-lahza chiqdimu chekdim yo’lida
intizor ,
Keldi jon og’zimg’ayi ul sho’hi badho’
kelmadi,
Orazindek oydin erkonda gar etti
ehtiyot ,
Ro’zg’orimdek ham o’lg’onda qorong’u
kelmadi.
Ul parivash hajridin kim yig’ladim
devonavor,
Kimsa bormikim anga ko’rganda kulgu
kelmadi.
Tolibi sodiq topilmas yo’qsakim qo’ydi
qadam,
Yo’lg’akim avval qadam mashuqu o’tru
kelmadi.
Ey Navoiy boda birla hurram et
ko’ngling uyin,
Ne uchunkim boda kelgan uyga qayg’u
kelmadi.
A.NAVOIYNING ENG MASHHUR
RUBOIYLARI !
G’urbatda g’arib shodmon bo’lmas
emish,
El anga shafiqu mehribon bo’lmas
emish.
Oltin qafas ichra gar qizil gul bitsa,
Bulbulg’a tikondek oshiyon bo’lmas
emish.
Jondin seni ko’p sevarman ey umri aziz,
Sondin seni ko’p sevarman ey umri
aziz.
Har neniki sevmak ondin ortiq bo’lmas,
Ondin seni ko’p sevarman ey umri aziz.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 7
degan manoni nazarda tutgan u davrda chekish qayoqdan
Bu ruboiyni Alisher Navoiy emas balkim Zahiriddin Muxammad Bobur yozgan, o'z yurtidan qochib xindistonni bosib olib u yerda Boburiylar saltanatini tuzganidan keyin o'z yurtini soĝinchini sher ila ifodalagan...