KIM YARATKAN BILASIZMI
Hammasi juda oddiy boshlangan.
1759 yil Artur Ginnes Dublin
shahrida
pivo tayyorlash korxonasini
ochadi.
Mazkur zavod XX asrning
o‘rtalarigacha ham xotirjam
faoliyat
ko‘rsatadi. 1833 yilda oddiy
korxona Irlandiyaning eng yirik
pivo zavodi
darajasigacha ko‘tarildi. Xullas,
«Ginnes» savdo belgisi 1930 yilga
kelib, Buyuk Britaniyani
to‘laligicha
zabt etdi. 1951 yilda «Voksford»
kompaniyasi
mahalliy ovchilar uchun tashkil
etgan
kechki ovqatga «Ginnes»ning
boshqaruvchi-direktori Xyu Biver
ham
tashrif buyuradi. Qiziqqon janob
Xyu
mehmonlardan biri bilan tilla
rang rjanka dunyodagi eng tez
uchadigan
qush deb tortishib qoladi. Bahs
qanday yakunlanganligi noma’lum,
lekin bu masala oradan bir
qancha
vaqt o‘tib, yana ko‘tariladi. Bu
safar
tilla rang rjanka tezroq uchadimi
yoki Shotlandiya kakligimi, degan
masala
muhokama mavzusiga aylanadi.
Ana o‘shanda janob Biver bunday
jumboqlarni hal etish uchun
maxsus
ma’lumotnoma bo‘lishi kerak, deb
o‘yladi. Negaki, odamlar rasmiy
biror
manbaga ega bo‘lmay turib
soatlab va
besamar bahslashaverishlari
mumkin. Oxir-oqibat tomonlar
ko‘pincha o‘z
fikrini ma’qullagancha qolaveradi.
Kompaniya rahbari o‘ziga xos
bunday
ma’lumotnomalar Ginnes
kompaniyasi
tomonidan tarqatilsa, yomon
bo‘lmasdi, degan xayolga boradi.
Pivo entsiklopediyasi ustida
ishlash
Norris va Rossi Makuirterlarga
topshirildi. Ko‘p sonli faktlar
to‘plandi,
saralandi va har biri mutaxassis
tasdig‘idan o‘tkazildi. Bularning
hammasi uchun bir yil vaqt kerak
bo‘ldi. 1955 yil 27 avgustda
birinchi
marta 198 sahifali nashr dunyo
yuzini
ko‘rdi. Keyinroq u «Ginnes
rekordlari
kitobi» nomini oldi. Birinchi bor
kitob
bosish sohasida olamshumul
roman
yoki detektiv asar emas, balki
oddiy entsiklopedik
ma’lumotnoma dovrug‘
qozondi. Bugungi kunda «Ginnes
rekordlari
kitobi» dunyoning 40 ta
mamlakatida
ingliz tilida nashr etilib, 37 tilga
tarjima
qilinadi. 1984 yilda kitobning
million
nusxasi sotilgan. 1994 yilda esa,
bu
ko‘rsatkich 75 millionga
ko‘tarilgan. «Ginnes rekordlari
kitobi» o‘ziga xos
tizimga aylangan. Negaki, undagi
ma’lumotlar qisqa vaqtda
eskiradi.
Ularni yangilab turish uchun esa,
turli
mamlakatlarda yangi rekordlarni
ro‘yxatga oluvchi va maxsus
diplom bilan taqdirlovchi hay’at
guruhlari
tuzilgan.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1