Kunlarning birida ko'chada
ko'z yosh to'kib o'tirgan bir
qizga ko'zim tushdi. Men
uning oldidan befarq o'tib
keta olmadim. Asta kulib
uning yoniga o'tirdim oz vaqt o'tgach unga
qo'limdagi suvni iching deb
berdim. U menga bir qarab
qo'ydi. Rahmat deya bir
xo'plab ichib qaytarib
berdi. Uning shu birgina nigoh tashlaganida
ko'zlarida achinish,
beg'uborlik shu bilan birga
pok sevgini his etdim.
Undan xijolatomus tarzda
nima dardingiz borki sizning bu shaxlo
ko'zlarizdan tinmayin yosh
oqayapti" deya so'radim. U
esa "bilasizmi? ota-
onamdan xafaman dedi. Bir
paytlar internet orqali bir bola bilan tanishib qolgan
edim uning mazmunli
suxbati, ma'no to'la gaplari
menga yoqardi, gohida
katta insonlar kabi o'rinli
maslaxatlar berar gohida yosh bolalardayin
erkalanardim. Bir xilda
rashkini qo'zg'atish
maqsadida do'stlarim
davrasiga begona insonlarni
qo'shar edim u bir so'z demay arazlab olardi
mendan. Shunday vaqtlar
begona insonni o'chirib
tashlardim. U bilan uzoq-
uzoq suxbat qurib turardik.
Unga kundan-kun bog'lanib borar edim. Suxbatlarimiz
soatlab davom etardi,
tunlari bedor kunlarim esa
bir maromda davom etardi,
asta-sekin raqamlarni
almashdik. Uning ilk ovozini eshitganimda
allaqanday hayajonni his
etdim bir kuni uchrashishga
qaror qildik u menga men
bora olmayman ishxonam
oldidagi cafega keling dedi. Men rozi bo'ldim, men yetib
borganimda u meni bir
dasta gul bilan kutib o'tirar
edi. Salomlashib kelib
o'tirdim suxbat qurib
o'tirdik xayrlashish vaqti kelganda men o'rnimdan
turib unga qaraganimda
bildimki u nogironlar
aravasida o'tirar edi.
Xayajondanmi
payqamabman. Xayrlashdik uyga kelib o'yladim uning
ma'noli suxbati bexol
oyoqlarini yengdi. Telefonni
olib raqamini terdim. U
meni qo'ng'iroqlarimdan
bolakaylardek sevindi. Uning aytishicha qo'ng'iroq
qilishimga umid qilmagan
ekan. Men u bilan tez
uchrashadigan bo'ldim. Men
uni sevib qoldim. Oradan
vaqtlar o'tib undan menga sovchilar keldi, uning
xolatini eshitgan ota-onam
qat'iy rad javobini berishdi.
Shunga nima qilishga
xayronman dedi.
Suxbatimiz tugar chog'ida uzoqdan aravachada bir
inson ko'rindi qo'lida bir
quchoq gul qiz yoshini artib
tabassum bilan xayrlashib
bola tomon ketdi.??? Men
quvondim sevgining qudratidan qizning
sevgisidan quvondim.??
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев