Предыдущая публикация
Hijroningiz cho'zilib ketdi,
Dil bog'imda ochilga gulim,
Qo'lim tegmay uzilib ketdi.
Ishonmayman yuqotganimga,
Ko'rgim kelar negadir sizni,
Ayting ahir birga bo'lmasak,
Nechun taqdir tanladi bizni.
Umid degan quyoshim so'ndi,
Bahorlarim kuz bo'lib qolar,
Yuragimga yog'di oq qorlar,
Muhabbatim muz bo'lib qoldi.
Siz meni o'ylamang gunohga
botib,
Ko'ksimni kuydirgan
xatolarimsiz,
Ko'kka cho'zilib qo'llarim tolib,
Ijobat bo'lmagan duolarimsiz.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев