Boshqa sevmaslikka qilgandayman ahd.
Kunlar ham zulmatga qul bo‘lgan go‘yo
O‘zgaga yor bo‘lib, kutayapsan baxt.
Haqqim yo‘q bo‘lsa-da tinch qo‘ymaydi rashk,
Dilimdan tilimga ko‘chadi ohim.
Yetim bola misol qolib ketdi ishq,
Ayt menga, ne edi mening gunohim.
Kechalar uyqusiz, kunduzlar nursiz,
Bir so‘zsiz, izhorsiz sevganligim rost.
Yuragimdan chuqur qoldirib bir iz,
Faqat yonginamda bo‘lmaysan xolos.
O‘ying bilan yashab, kun ko‘rayapman:
Ertalab darsga bor, kechqurun uyga.
Shu ko‘yi begona bo‘lib boryapman,
Muhabbat atalgan mahzun tuyg‘uga.
Yolg‘iz odimlayman hayot so‘qmog‘in.
O‘tganu ketganlar qaramaydi bir.
Ketkaza olmaydi yurakning dog‘in.
Shu ekanda taqdir, shu ekan taqdir…
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев