Assalamu Aleykum. Bugun köpchilik unitib qöygan, ammo eng buyuk ne'mat ÖLIM haqida fikr yuritmoqchimiz. Ölim va undan keyin böladigan hayot haqida fikrlashmoqchimiz. Insonning yaratgan Tangri Taolo tomonidan berilgan muhlati tugagach, har bir jon öladi. Hammaga ham ajal bördir, insonning qachon ölishi aniq emas, lekin ölishi bu 100% aniq. Inson ölganidan kegin, uning jasadi yuvilib, kafanlanib janazaga tayyoq holatga kelgandan söng, unga jamoat bilan janaza öqilib, tobutda qabr tomon eltishadi va qabrga qöyib ustidan tuproq tortiladi. Jamoat qaytadi va ma'lum vaqtdan keyin qabrga Allohning farishtalari MUNKAR va NAKIR hisobot uchun tushib kelishadi, shu payt Allohning irodasi bilan, jonsiz tanaga qayta jon kiradi. Allohning farishtalari qabrdagi insonga 2 ta savol berishadi bular:
1. Uning Robbisi kimligi.
2. Rasuli kimligi.
Söraladi. Agar mayit mumin banda bölib, iymon bilan dunyodan ötgan bölsa va gunohi kabiralardan tiyilgan, tavba qilgan holatda ölgan bölsa u hech qanday qiyinchiliksiz, hadik va qörquvsiz bu savollarga javob beradi va uning ruhi azoblanmas, qabr azobi berilmas, uning ruhini Allohning farishtalari to qiyomatgacha saqlash uchun "ILLIYIN" degan joyga eltishadi. Illiyin shunday joyki u osmonda, ochiq koinotda bölib xuddi 8 körinishida Alloh tomonidan yaratilgan. U joyda mumin banda ruhiy maqomda to qiyomatgacha saqlanadi, illiyin juda gözal joy bölib jannatni eslatur, bog'u rog'lar, mislsiz gözallik faqat u yerda jannatdan farqli ölaroq, yeb ichish bölmaydi, körish boru yeyish yöq, sababi ruh hech qachon yech narsa yeyishga ehtiyoj sezmaydi.
Endi baxtsiz insonlar, ya'ni dunyoviy hayotida gunohi kabiralar (1. Allohga shirk keltirgan, 2. Sehr jodu, folbinlik bilan shug'ullangan va unaqalarga ishongan insonlar, 3. Alloh harom qilgan jonni öldirgan, 4. Sudxörlik, ribo orqasidan kun körgan, 5. Yetimlar molini yegan, 6. Yurtiga yov bostirib kelganda, urushdan qochgan, 7. Iffatli muslima ayollarni, foxishalikda ayblab, ularga tuhmat qigan) tiyilmagan insonlar, taqvosiz, namoz öqimagan, zinodan tiyilmagan va iymonsiz holatda jon bergan, tovba qilishga ulgurmay ölgan insonlarning qabrdagi hisobi juda mushkul kechadi. Ular bu hayoti dunyoda ölimni unitib qöyib, faqat bu dunyo ne'matlariga aldanib yashagan, Allohning farzu farmonlariga bee'tibor yashaga insonlardur. Ular garchand yuqoridagi farishtalar bergan 3 savolni javobini bilsa ham tili kalimaga kelmaydi, tili aylanmay xuddi soqov insonlardek g'öldirab javob berolmaydi. Ularga qabr azobi kuchaytirib beriladi, ularning tanalarini qabr shunday ham qattiq siqadiki bunday og'riqdan tanadagi qovurg'alar bir biriga kirib ketadi, közlar öyilib tushadi bu og'riqdan mayit shunaqa dodlab azob chekib chinqiradi lekin bu ovozni jinu shayton, hayvonlardan boshqa hech kim eshitmaydi. Qabr azobi yakunlangach, farishtalardan biri qölidagi ulkan bolg'a bilan, mayit tanasining qoq örtasiga zarba beradi, bu zarba shunchalik kuchli böladiki hattoki insonning ruhi tanasidan ajralib chiqqanini sezmay qoladi va farishtalar baxtsiz ruhni "SIJJIYL"ga olib ketishadi. Sijjiyl shunday joyki u yer qarida, ya'ni yerning yadro qismida joylashga bölib, juda yuqori haroratdagi gazsimon böshliqdir. Bu joydan vulqonlar yer pöstigacha chiqadi, endi u yerning haroratini özingiz tassavvur qilavuring. Sijjiylda baxtsiz insonlarni ruhi toki qiyomatgacha ayu-xannos solib, dodu faryod chekib toki gunohlari kuyib bitmagunicha qoladilar, faqat Ramazon oyida ösha Sijjiyldan ma'lum miqdordagi ruhlarga Alloh shafoat qilib ularni Illiynga ya'ni baxtli muminlar makoniga kötaradi. Lekin ayrim baxtsiz ruhlar toki qiyomat kuniga qadar qolib ketishadi.
Qiyomat soati yetib kelgach, sur chalinib butun insoniyatning tanasini Alloh asl navqiron holatga keltiradi va bu tanalarga birinchi Illiyndagi baxtli ruhlar kelib joylashadi, bundan tanaga jon kirib, közlaridan nur, yuzlaridan nur taraladi, bu eng baxtlilardir, endi yangi kökargan tanalarga Sijjiyldagi, yer qaridagi ruxlar ham öz tanasini topib kiradi, ruxning juda issiqligidan yangi tananing göshtlari yonib ketadi, juda xunuk badböy holatga keladi tana, lekin jonlanadi va oyoqqa turadi. Va hamma tirilgan insonlar guruh - guruh bölib mahshar tomon shoshiladilar. Qiyomatdagi hisobi yengil kechadigan insonlar, Illiyndan kelgan insonlar bölib ularga nomai a'mollari öng tomonlaridan berilib, sirot köprigidan ham omon ötadilar va jannatga Allohning rahmati bilan kiradilar. Baxtsiz sijjiyl insonlarining hisobi juda mushkul kechib, ularning amal kitoblari chap tomonidan berilib, dözaxiylar ahlidan bölib dözaxga haydaladilar Nauzibillah...
Endi bugungi kundagi insonlarimiz, muminlarimiz qaysi manzil sari bormoqdalar?
Qabr va Dözax azoblarini eng yomon dushmanimga ham ravo körmayman, men siz aziz dindoshlarga bu haqda yumshoqlik bilan, halimlik bilan izoh bildirdim. Bu azoblarni chin iymon bilan öqigan insonlarning jinni bölish hissasi juda yuqori.
Agar baxtli muminlar qatorida bölib, azoblanishni xohlamasangiz eng avvoli Namozni mahkam tuting, namozxon burodarlarimiz esa Quroni karimdagi YOSIN va MULK suralarini qalblariga joylasinlar, örgansinlar. Yosin surasi Quronni yuragi bölib, jannat ahlidan bölishimizni belgilaydi, MULK surasi esa Qabr va Dözax azoblaridan parda bölur inshaAllah...
3 amal borki shu amallarni hech qachon tark etmang:
1. Namoz
2. Röza
3. Zakot
Bularni hech kanda qilmang baxtli muminlar qatorida bölursiz.
Biz tirik jonmiz, issiqjonmiz, qachon ölamiz nomalum, har tunda uxlayotganimizga, örnimizga uxlaganda kalima qaytarib, Allohga tavba qilib uxlashimiz maqsadga muvofiqdur, ertalab tongda turgach , Allohga shukronalik qilib yana tavba qilib, kalima qaytarmog'imiz darkor bu namoz öqimiydigan benamoz muminlarga eslatma.
Namozxon burodarlarimiz eng baxtli muminlardir, ular agar qaysi payt ölsalar ham, tavbasiz yoki iymonsiz ölmaslar. Qabr va qiyomatda ham namozxonlarning yuzi yorug' bölgay.
Yuqoridagi fikrlar aniq haqiqat, qachon ölishimiz aniq emas ammo baribir ölamiz Namoz, Ruza, Zakotga extiyot bölsak va gunohi kabiralardan saqlansak qabr va qiyomatdagi holatimiz juda gözal bölar edi. InshaALLAH. Sizga kimdir Ölimni eslatsa bilingku u sizga chin döst ekan, siz ham Ölimni boshqa burodar va döstlaringizga eslating, zero eslatma bizlar uchun foydadan xoli bölmas döstlarim. Vallohi A'lam.
Eslatish bizdan, xulosa sizdan, hidoyat yolg'iz Allohdandur.
Муаллиф . . . . . . . . . .камина есонжон


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев