Предыдущая публикация
dushmanlik qilsa,
Farishtam deganing shaytonlik
qilsa,
Hayot, gulbog'laring hazonlik
qilsa,
Dodingni Xudoga aytgin
ko'ngiljon.
Xasaddan tosh otmay
turolmadilar,
Bo'yu savlatimiz ko'rolmadilar,
Bizni g'iybat qilmay yurolmadilar,
Dodingni Xudoga aytgin
ko'ngiljon.
Ko'ngiljon, ko'ngiljon, tuzalmas
yomon,
Yana chaqaverar bir chaqqan
ilon,
Inson bo'lolmaydi hech qachon
hayvon,
Dodingni Xudoga aytgin
ko'ngiljon.
To'g'ri hamma uchun biri kam
dunyo,
Mudom yaxshilarning ko'zi nam
dunyo,
Charchamas yelkamga tashlab
g'am dunyo,
Dodingni Xudoga aytgin
ko'ngiljon.
Ko'zlarim yig'lashdan to'xtaydi
qachon,
Qalbimni chayondek chaqadi
armon,
Seni tushunmasa biror bir inson,
Dodingni Xudoga aytgin
ko'ngiljon.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1