b-n arazlashib qolgan
qiz xomush uyiga kirib
kelar ekan, darvoza
qarshisida turgan
mashinaga va mashina ichida unga qarab
turgan begona yigitga
e'tibor qilmadi. Tez-tez
yurib öz xonasiga kirib
ketdi. Kravatiga
ötirdiyu, közlaridan tomchilayotgan yoshni
sidirib tashladi. Qöliga
tel ini oldi. Undagi
yigitning jilmayib
tushgan suratiga bir
zum termulib qoldi. Keyin unga sms yubordi: "Uni
sevasizmi?" Yigit: "Ha"
Qiz: "U chiroylimi?" Yigit:
"Juda ham" Qiz: "U sizga
shunchalik azizmi?" Yigit: "Jonimdek"
Qiz: "U kim? Ismi nima?"
Yigitdan sms kelmadi.
Uzoq vaqt kutib, yuragi
qon bölib ketgan qiz
eshik ochilganida chöchib tushdi va
qölidan tel i tushib ketdi. Qizning onasi
ekan. Sekin kelib
qizining yoniga ötirdi va
gap boshladi: "Qizim haligi kungi
sovchilar
yana kelibdi. Adang özidan söra dedilar.
Bizaga u yigit ma'qul
böldi. Öqiganakan, oilasi
ham yaxshi. Suriwtirdik, hamma
maqtadi. Nima
deysan a?" Qiz javob berish örniga yig'lab
yubordi. Ayni damda u
yigitning uylanyapman
deganini öylardi. Ona qizini yupatdi:
"Qiz
bolaning taqdiri bu, köngil qöyganing bölsa
ayt. Bölmasa, sovchilar
kutib turibdi. Manga
qolsa shulaga xöp deyaqol!" Ona
gapirgan
sari qiz tinmasdan yig'lardi. U köngil
qöygani
uylanyotganligini
qanday qilib aytish mumkinligini
bilmasdi.
"Nega indamaysan axir? Bir nima desangchi!" Qiz
birdan yig'lashdan
töxtadi: "Öziz bilasiz..."
"Nima?" Qiz: "...siz nima desaiz shu"...
Qiz onasi
chiqib ketgach yengil tortdi. U yuragida qasd
oldim deb özini
yupatardi. "Buni men
emas, siz xohladiz",- öylardi u. Qiz
deraza
pardasi chetini tortib sovchilarning xursand
holda ketishlarini
tomosha qilib turdi.
Keyin kravatiga qaytib kelib ötirdi. Shu
onda
uning hayolini sms ovozi böldi. Yigitdan
sms kelgandi: "Ösha
juda chiroyli, men
jonimdek sevadigan, men uylanishim
mumkin bölgan yagona
qiz SENSAN. Seni sevaman!" Qiz sms ni 2
marta qayta öqib chiqdi.
Endi uning köz yoshlarini hech nima
töxtata
olmasdi.
#новости
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев