Qo‘limdan tut endi.
Ketamiz.
Yig‘lama, hijronga ko‘naqol.
Biz baxtga yetamiz, yetamiz…
Yuraqol, yuragim Yuraqol!
Ortingga qayrilma, qarama!
Yiqilma, egilma, turaqol,
Qo‘y, uni qarg‘ama, qarg‘ama…
Qarg‘ama, uning ham yuragi-
Yosh to‘kar, g‘ururin ortida. Yiqilib
ketguday tirgagi-
Bizdayin ko‘ngli ham yorti-da…
Bildirmas.
Sezdirmas.
Kuladi-
Yuziga chizadi baxtdan iz Bilaman.
Biladi. Biladi!
Men baxtsiz.
U baxtsiz.
Ishq baxtsiz…
Yuraqol yuragim, yuraqol!
Poyiga bosh urib yig‘lama! Istasang…
Istasang, qolaqol.
Lek uni…
Meningdek, tig‘lama…
Hastasan.
Yarimsan. Bechora!
Unga ham bormikan keraging?!
Ketaman. Yorim-a, nachora-
O‘zingga qoldirib YuRAGING…
Shu bo‘lsa, shu bo‘lsa, ishq degan-
Muhabbat chin DILga zor ekan!
Oshiqlar ko‘p ekan Sevgijon,
Qalblari…
Qalblari tor ekan! Yuraqol, Muhabbat,
yuraqol!
Biz endi bu yerdan-
Ketamiz…
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2