"Shok" qilmoqchi
Qirollik klubi rahbariyati keyingi mavsum uchun
tayyorgarlik ko'rish uchun o'z yo'lidan davom
etmoqda, ana yo'l chorrahasida Bale va Suarezlar
mavjud... So'nggi kunlarda "Tottenham" yarim himoyachisi Gareth Bale va "Liverpool" hujumchisi Luiz Suarez
"qaymoqranglilar" uchun muhim vakillar ekanligi
namoyon bo'lmoqda. Kecha tushdan keyin Jose
Mourinho Londonga yetib bordi, u "ko'klar"
jamoasini qabul qilib oladi. Murabbiy transfer siyosatida
"Real"ga to'siq bo'lishi aniq. Hech bo'lmasa Bale masalasida... F. Perez prezidentlikka qayta
saylandi va bergan
va'dasidan chiqish niyatida. Shu sababli barchani
"yoqa ushlash"ga majbur etadigan summani
tikishga tayyor turibdi. Aynan Bale va Suarez
uchun € 150 ajratiladi. Bu pul ancha-muncha yetakchi jamoani rom etmay qolmaydi. Angliya nashrlari
bu transferlar amalga oshishiga
ishonmoqda, taxminan € 100 mln uelslik, € 50
mln urugvaylik futbolchiga bo'lib berilishi faraz
etilmoqda.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев