1. Katta reja bilan ish boshlamang. Yuqoridan boshlagan pastga tushadi. Pastdan boshlagan esa yuqori ko’tariladi. Har qanday biznesni mayda hajmdan boshlang. Har qanday biznesni sodda shakldan boshlang. Keyin esa odamlar ehtiyojiga qarab kengaytiring. Olamni yaratlishi ham sekin astalik bilan bo’lgan. Diniy kitoblarda yozilishicha Xudo yeru osmonni 6 kunda yaratgan. Yerdagi hayot ham dastlab sodda shaklda bo’lgan.
2. Siz uchun ishlaydigan ishchilarga yoki korxonaniz xodimlariga chiroyli qulay sharoit yarating. Ularga yaxshi daromad bering. Avvalo o’zingizni ular o’rnida qo’yib ko’ring.
3. Bor pulingni sarflab yubormang, zahira uchun ham saqlab qo’ying. Hayotda har xil holat bo’lishi mumkin. Iloji boricha qarz olmaslikka harakat qiling. Umuman qarz bilan ish boshlamang.
4. Yopiq eshikka ko’p urinmang. Biznes ko’p marotaba muvaffaqiyatsizlikka uchrayversa biror narsani o’zgartirish kerak. SIz uchun yopiq bo’lgan yo’lga ortiqcha urinavermang. Boshqa yo’l tanlang. Ayniqsa qiyin ishga foydani deb o’zingizni qiynamang. Hamisha siz uchun ochiq va oson ishni bajaring.
5. Havas qilmang, taqlid qilmang. Birov erishgan yutuq – bu uning yo’li, sizni o’z yo’lingiz bo’lsin. Boshqalarni yo’liga havas qilib uning yo’lidan bormang. O’z uslubingiz bo’lsin. Siz o’zingizga qiziq va osob yo’ldan boring. Kam foyda bo’lsa ham o’z yo’lingiz bo’lsin.
6. Zavqli va qiziqarli ishni tanlang. Ununtmang, bu dunyo o’yin maydoni kabi. Rizq esa Xudodan kelaveradi. Siz pul uchun har ishga urinmang. Hamisha zavqli ishga qo’l uring. Mayli, foydangiz oz bo’lsa ham ishdan zavq oling, shunda hayotda sermazmun yashaysiz. Kuningiz barakali o’tadi. Chunki inson hayotga bir marotaba keladi. Shu hayotingizda zavq olib ishlab vaqtingizni mazmunli o’tkazing. Qog’oz pullar jamlayman deb aqlingiz va kuchingizni sarflamang, Bu qog’oz pullar
7. fikrlab keyin ish qiling. Aql bilan chuqur o’ylang. Pul kelgan joyga har doim ham o’zingizni uravermang. Qo’l va oyoqni emas aqlni ko’p ishlating. Shu joyda bir hikoyani aytmoqchiman. Ikki o’rtoq o’tin kesish uchun o’ronga chiqar ekan. Shulardan biri ko’p ishlar ekan, kun bo’yi mehnat qilarkan. Ikkinchi odam esa ozroq ishlar ekan, lekin ko’proq o’tin to’plar ekan. Shunda birinchi do’sti so’rabdi: - Do’stim sen mendan kam ishlaysan, ora sirada dam olasan. Lekin men sendan ko’ra ko’p ishlayman, Ammo qanday qilib mendan ham ko’proq o’tin to’playapsan ? – debdi. Ikkinchi odam: - Ey, do’stim sen ko’p ishlaysan. Ko’p charchoq bilan ishlaysan, hatto ish qurolingga ham qaramaysan. Men esa har soat o’zim dam olib kuch to’playman va boltamni charxlayman. – debdi.
8. Biznesingizda mijoz yuqotmaslik sizning muvaffaqiyatingizga katta sabab bo’lishi mumkin. Qanday qilib mijozni yuqotmaslik mumkin? Buning yo’llari quyidagicha: - har qanday mijozga xushmuomala bo’ling. Uning tashqi ko’rinishi yomon bo’lsaham, uning injoqligi sizga yoqmasa ham sabr bilan chiroyli gapiring. Ajab emaski o’sha sizga yoqmagan mijoz o’zining do’stlariga ham sizni mahsulotingizni tavsiya etsa. Mijoz yuqotmaslik uchun har bir mijozga sifatli xizmat ko’rsating. Hech kim sizdan norozi bo’lmasin. Yana bir usul, siz taklif qilgan narx mijozga maqul kelmasa hech qachon uni bo’sh qaytarmang, arzonroq takliflarni ayting. Ilojingiz bo’lsa tekinga ham mijozlarga xizmat qiling. Bu sizga avvalda zarar bo’lishi mumkin, lekin kelajakda o’sha mijoz siz haqingizda boshqalarga yaxshi fikrlar aytishi mumkin.
9. Bepul ishlashdan qo’rqmang. Bepul xizmat ko’rsatish, bu eng ajoyib reklamadir. Ko’plab tadbirkorlar o’z mahsulotini avvalda tekin tarqatadi. Komputer texnologiyalari sohasida ham ko’plab kompaniyalar o’z dasturlarini bepul tarqatmoqda, ba’zilari dastur yaratuvchi korxonalar o’z mahsulotini 30 kun mobaynida bepul foydalanishga beradi. Ba’zilari esa mutlaqo bepul taqdim etadi. Ana shunday kompaniyalar ham hozirda katta daromad ko’rmoqda. Odamlarga savob uchun ham o’z mahsulotingizni ba’zan bepulga bering. Chunki savobli ishning mukofotini Xudoning o’zi beradi.
10. Biznesda hamma ishni o’zingiz qilmang. Har ishni o’z mutaxassisiga topshiring. Ular ham daromad ko’rsin. Bundan tashqari, ko’p kallada ko’p fikr – degan naql bor. Shu bilan sizning ishingiz osonlashadi, sizda yangi g’oyalar uchun bosh qotirishga vaqt bo’ladi. ishchi yollashda duch kelgan odamni yoki tanish-bilishni emas. Shu ishga mehr qo’ygan odamni ishga oling. Bilimi oz bo’lsa ham muhimi qiziqishi bo’lsa keyinchalik o’rganib oladi.
11. Daromadni adolat bilan taqsimlang. Ishchilarga oylik yoki ish haqi berishda ziqnalik qilmang. Iloji bo’lsa korxona daromadini ishchilar bilan o’zaro kelishilgan holda taqsimlang, shunda barcha xodimlar korxona daromadini oshirish uchun bor mehnatini sarflaydi. Chunki korxona daromadi oshsa ularning ulushi ham oshadi.
12. Yuragingiz tortmagan ishga qo’l urmang, Agar biror ishdan ikkilansangiz, yoki biror joyga borishda oyog’ingiz tortmasa o’sha ishdan voz keching. Unday ishni qilmang.
13. O’rganishdan to’xtamang. O’z sohangizga oid o’quv seminarlariga va konferensiyalarga qatnashib turing. Yangiliklardan xabardor bo’lib turing. Korxonangiz xodimlarini ham o’qitish uchun o’z hisobingizdan mablag’ ajrating.
14. Ko’z tegishi va hasad – bu sizni dushmaningiz. Odamlarga ishingiz haqida maqtab gapirmang, chunki “ko’z tegishi” bu haqiqatdir. Sizni muvaffaqiyatingizni ko’rolmaydigan odamlar bo’lishi mumkin. Hech qachon muvaffaqiyatlaringiz haqida hammaga oshkora gapirmang. O’zingizni o’rtamiyona odamlar kabi tutishga harakat qiling. Daromadlaringizni sir saqlang.
15. Lazer nuri kabi aniq nuqtaga etibor qarating. Ishingiz lazer nuri kabi aniq maqsadga yo’nalsin. Boshqasini qo’shimcha vaqtda bajarasiz. Masalan, korxonangizni asosiy ishi bitta bo’lsin, Masalan tikuvchilik korxonasi ochsangiz, u holda aniq bir turdagi kiyim tikish sizni asosiy vazifangiz bo’lsin. Misol uchun, erkaklar ko’ylagi tikishga ixtisolashing, qolganlari esa- shim, ishton tikish, kurtka tikish kabilar ikkinchi darajali ishingiz bo’lsin. Bir vaqtning o’zida bir necha ish bilan shug’ullanish qiyin bo’ladi. hammasi chala sifatsiz bo’lishi mumkin. Mashxur korxonalar ham shunday yo’l tutadi, google haqida gapirganda hammani ko’z o’ngida internetdagi qidiruv vebsayti namoyon bo’ladi. ammo googlening boshqa xizmatlari ham ko’p. Microsof nomi bizga operatsion tizimi va offis dasturlarini eslatadi. Aslida uning ham mahsulotlari ko’p. Apple esa iphone nomli mobil telefonlariga ixtisoslashgan. Xullas, mo’ljallagan nishon bitta bo’lsa unga yetishish oson bo’ladi.
16. maqsadingiz pul bo’lmasin. Sizni masadingiz odamlarni ehtiyojini qondirish bo’lsin. Chunki har qanday biznesning asosiy g’oyasi bu odamlarga biror bir foydali narsa taqdim etishdir. Kim ko’p odamga foydali narsa ulashsa o’sha ko’p daromad ko’ra oladi. Birovni ishiga taqlid qilib yoki birovni daromadiga havas qilib uning ishini takrorlash oqibatida hamma narsadan quruq qolishingiz mumkin.
17. Ma’lum toifa odamlar uchun xizmat qilasiz. Siz hammani ehtiyojini qondira olmaysiz. Har qanday tadbirkor qaysidur toifa odamlar uchun xizmat ko’rsatadi. Masalan, bug’doy yetishtirgan dehqon hosilni hammaga sotolmaydi, uni faqat tegirmonchiga yoki novvoyga sotishi mumkin. Aytaylik, kiyim ishlab chiqarsangiz, uni ma’lum toifadagi xaridor oladi. Yosh bola, erkak yoki ayol, yoki qariyalar uchun mo’ljallaysiz, ya’ni ma’lum bir guruh mijozlar uchun ishlaysiz. Shuning uchun avvadan o’zingizga savol bering, qaysi toifadagi odamlarga xizmat qilaman? Qaysi yoshdagilar mening mahsulotimni oladi? Mahsulotim boy toifa uchunmi yoki kambag’al –o’rtahol toifa uchunmi? Xullas o’zingizning auditoriyangizni bilib oling, va reklamani ham o’sha toifadagi odamlar uchun qiling. Masalan siz sayohat agentligi ochdingiz. Demak siz, boy toifa, sayohatga chiqa oladigan odamlar uchun xizmat ko’rsatasiz. Bunda reklamani ham o’shanday odamlar ko’p istiqomad qiladigan yerlarga qo’yasiz. Yoki park kabi dam olish joylarida ham qo’yosh mumkin.
18. Dam olishga vaqt ajrating. Dam olish sizga yangi kuch to’plashingizga imkon beradi. Agar korxonangiz bo’lsa, u holda xodimlar bilan birgalikda tog’larni sayr etishga chiqing. Ko’pincha yangi g’oyalar sayohat payti, baland tog’larda fikrga kelishi mumkin. Agar foydani deb tunu kun ishlasangiz bir kun kelib o’z ishingizdan nafratlanib qolasiz. Kunda 8 soat ishlab, haftada 2 kun dam oling. Yilda bir marta 1 oy sayohatga chiqing
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев