(bir ayol iztirobi)
Sizlarga bu hikoyani so'zlab berar
ekanman ko’zlarimdegi yosh ummon
qadar cheksiz bo’lib o’zligimga nafrat
tuyg’usini doimo yodimga solib turadi.
Bundan 3 yil muqaddam turmushga chiqqandim. Fotihamdan oldin xaddan
ziyod sho’x, o’ta qiziquvchan va turli
hil farosatsiz odatlarim ham bor edi.
Ayniqsa “Odno”ga mukkamdan
ketgandim. Ammo to’yga qadar
Onajonim mendagi bu hislatlarni ijobiy tomonga o’zgartirdilar. To’y ham
bo’ldi, oradan oylar ham o’tdi.
Turmush o’rtog’im es-hushli, topish-
tutishi yaxshi eng muximi farosatli
inson. Farzandli bo’ldik, quvonchimiz
cheksiz edi. Onalik baxtini quchib farzandimni sekin-asta ulg’aytira
boshladim. Umr yo’ldoshim kun bo’yi
ishda man esa uyda bolam bilan yolg’iz
qolardim. Shu sababli ko’p hollarda
zerikish deb atalgan yoqimsiz tuyg’u
deyarli kun bo’yi meni tark etmasdi. Xuddi shunday zerikarli kunlarimning
birida dugonalarim mehmonga
kelishdi. Ularni sog’ingandim shu bois
diydorlariga to’yib olish nasib
qilganidan quvonib ketdim. Gapdan
gap chiqib zerikish mavzusiga borib taqaldi. Ular nega “Odno”ga
kirmayapsan, seni “Odno” sog’indi
deya xazilomus gaplar aytishdi. Turli
hil baxonalarimga qaramay o’sha kuni
dugonalarim mani yana “Odno”ga
qaytarishdi. Turmush o’rtog’imdan buni sir tutishga qaror qildim. Endi
butunlay boshqacha bo’lishini
bilgandim. Zerikish mendan
uzoqlashgan, dugonalarim,
sinfdoshlarim bilan aloqam yana
mustaxkamlana boshlagandi. O’ylardimki hayotimga mazmun kirdi,
endi boshqalar kabi ovunadiganim
bor deb. Biroq bilmabmanki, o’sha
kundan boshlab hayotimdagi eng aziz
ne’matimdan ayrilishimni. O’sha
vaqtlarda yana “Odno”ga mukkamdan keta boshladim. Kun bo’yi “Odno”da
o’tirib ba’zan ro’zgo’rdagi muxim
yumushlar yodimdan ko’tarilib qolardi.
Bularning barchasi mani xalokat
tomon yaqinlashtirganini bilmay
yuraveribman. Kunlarning birida o’sha la’nati “Odno”da butun vujudim
sho’ng’ib ketganimdan jonim bolam
hayolimdan ko’tarilib qolibdi. U
endigina bir yoshni qarshilagan va
emaklab, teta poya qilib yurardi.
Oradan ko’p o’tmay “Odno”dan chiqib ne ko’z bilan ko`rayki yonimda bolam
yo’q. Qidira boshladim, jonim
bo’g’zimda. Tashqariga chiqdim va
butun hayotimni tubdan o’zgartirib
yuborgan mudxish manzaraning
guvohi bo’ldim! Endigina yorug’ dunyoga ilk qadamlarini qo’ya
boshlagan mittigina farzandim
xovlimizdagi xovuzda ko’m-ko’k bir
tusga kirib, cho’kib yotardi. Xovuzdan
olib chiqib ovozim boricha baqirib
yig’lardim. U esa jim!!!… Shifoxonada turmush o’rtog’imga qo’ng’iroq
qildimu hushimdan ketdim. Birozdan
so’ng o’zimga keldim. Ilk so’zim bolam
bo’ldi. Biroq umr yo’ldoshim bag’riga
bosib endi farzandimiz yo’q deb
yig'laganda butun hayotim ostun- ustun bo’lib ketdi. Ilk farzandimdan
ayrildim va bunda umrbod faqatgina
o’zimni ayblab yashayman endi. So’zim
oxirida to’ydan so’ng “Odno”ga
kirgan barcha kelinlardan o’tinib
so’rayman. Ogoh bo’ling opalar. Meni ko’zlarimdan oqqan yoshlar sizning
ham ko’zingizdan oqmasin deb
qo’rqaman. Yerlar yutsin o’sha
“Odno”ni. Chunki o’sha “Odno” sabab
bolam o’ldi…!!!
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев