oila yashardi. Er-xotin va 8 yoshli
bolakay. Ota-ona kun böyi ishda,
bolakay esa uyda yolg'iz o'tirardi. Bola
har kuni soatlab oltinchi qavat
derazasidan pastga - bolalar maydonchasida velosiped minib
yurgan tengdoshlariga xavas bilan
qarab o'tirardi. U ham özining shunaqa
velosipedi bölishini orzu qilardi. Lekin
oilada bu orzuni amalga oshirish
uchun na pul, na vaqt va hattoki bolaning orzusini eshitadigan kishi
ham yöq edi. Bolakay oilasini
velosiped sotib olish bilan qiynab
qöyishini anglar, lekin uning bu orzusi
juda kuchli edi. Bir kuni u onasining
"Xudo mehribon, chin dildan nimaiki sörasang albatta beradi" degan
sözlarini esladi. Qog'oz, ruchka olib,
qog'ozlarni yuzlab, minglab bölaklarga
böldi va har bir qog'oz parchasiga: "Ey
Хudoyim, menga velosiped ber" deb
yozib chiqdi. Bolakay o'zining chin qalbdan tilagan orzusi yozilgan qog'oz
parchalarini oltinchi qavat derazasidan
bir-bir tashqariga socha boshladi. U
"Хudoga qog'ozlarimning biri bölmasa
biri albatta yetib boradi va Xudoning
menga rahmi kelib menga velosiped yuboradi" deb qalbdan ishonardi.
Kunlar o'tib borar, bola har kuni
qog'ozchalarni derazadan sochardi.
Uning hayoli faqat shu ishda bölib
qolgandi. Qog'ozlar tugasa yangisiga
yozishni boshlardi, darslik daftarlargacha sarf qildi. Bolakay
boshqa hamma narsani unutib,
telbalarcha qog'ozlarni yirtar, yozar va
derazadan uloqtirardi. Bazan
qog'ozlarga ruchka siyohiga
bolakayning qop-qora ko'zlaridan tomchilayotgan yoshlar qo'shilib
ketardi. Kunlar o'taverardi, bolakay
har kuni tongda "Bugun Xudoga
qog'ozim yetib boradi" degan umid
bilan yangi ruhda ishini boshlardi. Va
nihoyat bir kuni eshik taqilladi. Ochsa, 45 yoshlardagi chiroyli kiyingan bir
erkak kishi qölida bola chin dildan
erishishni istagan, har kuni tushida
körib chiqadigan velosiped bilan
turardi. Kishining ko'zlarida allaqanday
mungli jilmayish zohir edi. U yengil xo'rsinib velosipedni bolaga uzatdi.
"Qog'ozing Xudoga yetib bordi, o'g'lim,
bu senga, maza qilib min..." Bolakay
nima deyishini bilmasdi. Kishi zina
tomon yurib ketarkan ortiga o'girildi,
uning yuziga bir tomchi yosh dumaladi. U bolakayga yuzlandi: "Endi
Xudodan, bir martagina shu
velosipedni olib kelgan amakiga ham
farzand ber deb so'ragin, xöpmi....."?
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2