U aytganidek oppoq kafanda, shoxona taxti ravon bo'lmish tobutda bu uyni tark etdi. Keng uyni kelinchagi bo'laman degan edi, qabr uning makoni bo'ldi... Nigora endi har kuni darsga kechikardi. Bir kun shoshilib, oyoq kiyimlari orasidan qo'liga ilashganini oldi. Ichida maktub bor edi. "Yana kechikyapsanmi shumtaka? Iltimos, buni kiyma! Qara, pushtiligi uchun, kiyimlaringga mos tushmayapti, oq tuflingni kiyaqol, xop". U dili vayron bo'lib, oq tuflisini oldi. Uning ichi ham bo'sh emas edi. "Kuning ajoyib o'tsin. Jilmayib yur! Yugur endi, kechikyapsan.". Nigora xolsiz qadamlar ila uydan uzoqlashdi. Bir necha kun o'tdi. Soat jiringlagach Nigora shoshilib turdi. Bugun opasining tug'ilgan kuni. U yuz - qo'lini yuvib, pardoz oynasi oldiga o'tirdi. Oyna oldida turgan narsalarni chang bosib ketgandi. Shu jumladan maktubni ham. Uni shoshilib o'qiy boshladi. "Ooo, nimani sharofati bilan erta turding? Pardoz qilmoqchimisan? Bemalol. Qayerdan bildim aytaymi? Vaqting bemalol bo'lgan vaqtlargina pardoz qilasanda. Mayli, bugungi ishlaringga omad!" Nigora maktubni bag'riga bosgancha, yum- yum yig'ladi. "Tug'ilgan kuningiz bilan opajon. Sizni juda sog'indim, sog'inib ketdim". Oylar ketidan oylar o'tib, bahor keldi. Bahodir aka xotirjam, jilmaygancha uxlardi. Chunki, tushiga qizalog'i Bahora kirgan edi. U jilmaygancha, "Dadajon, mening daraxtim ham gulladi, endi u ham meva tugadi." deya mamnun edi. Uning uyqusini Nigoraning shodon ovozi buzdi: "Dadajon, opamning daraxti qurimabdi, qarang oppoq bo'lib gulladi. Juda ko'p meva beradi endi. Xuddi opam istaganidek, oppoq bo'lib gulladi. Hovlini esa gullarning ifori tutib ketdi, xuddi opajonim orzu qilgandek, dadajon!" u shunday deya oppoq bo'lib gullagan kattakon o'rik daraxti ostida shodon aylanardi... Kechiring meni, mehribon dadajon, Bilmagandim, omonatligin tandagi jon. Avf eting, shodon kunlar bera olmadim, Istasamda yoningizda qola olmadim. Jonim singlim, erkatoyginam, Ko'zlaringda aslo qalqmasin nam. Seni jondan aziz ardoqlar edim, Iloji bo'lganda, qolgan umrimni hadya qilar edim. Kechiring meni jonim, suyganim, Og'ir botmasin sizga bevaqt o'lganim... Ishoning bir bor ham qilmadim xiyonat, Shunchaki taqdir menga qilmadi adolat... TAMOM!
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2