Bahoraning nigohida afsuslar mujassam edi. -O'qishni bitirib olaveringchi, sovchilik qochmas. -Nega endi bitirib oling?! Nega o'zingni qo'shmayapsan? -Bitirib olaylik, demoqchi edim. -Bitirgunimizcha sen boshqasiga..... -Yo'q, yo'q, yo'q, yo'q! -shu vaqt o'qituvchi keldi- yu, dars boshlandi. Bahora sevganining ko'z- qoshlariga tez- tez o'g'rincha qarab olardi. U negadur yanada istarali, yanada xushbichim ko'rinardi ko'ziga. U qo'l cho'zsa yetadigan darajada yaqin bo'lsada, Bahora uchun olislar osilib turgan yulduzdek uzoq tuyulardi. Qo'l cho'zadi, lekin yetmaydi... Farxod domla o'qiyotgan leksiyani daftarga tushirar ekan, sevgani qaytganidan mamnun edi. Bahoraning ichidan nimalar o'tayotganini sezmasdi ham. Ular doimgidek chorrahagacha birga kelishdi. So'ng ikkisi ham o'z manzili tomon ketishdi. Ikkalasi ham ortiga tez-tez qarab qo'yishardi. Xuddi bu so'nggi uchrashuv... so'nggi diydordek. Bahora uyiga kelganda soat 14:10, uyda esa hech kim yo'q edi. Dadasi ishda. Singlisi darsda. Bahodir aka bir soatlarda qaytadi. Singlisi esa 16:larda uyga kirib keladi. Ular kelguncha ovqat tayyorlamoqchi bo'ldi. O'ylay-o'ylay chuchvara tayyorlashga qaror qildi. Axir bu dadajonining eng sevimli ovqati. U juda ko'p chuchvara tugdi, taxminan uch kunga yetadigan. U xamirlarni yoyar ekan, qatra- qatra ko'z yosh to'kardi. Nimanidur sezayotgandek, yum- yum yig'lar edi. Kechga tayyorlagulik qoldirib, qolganini muzlatgichga joyladi. U ishini tugatishi bilan dadasi kirib keldi. Salom va alik, xol-ahvol so'rashdan keyin Bahora dadasiga ovqatni pishirib berdi va uxlamoqchiligini aytdi. -Qizim, soat 15:30. Ha demay kech tushadi, uxlamay qo'yaqol. -negadur bezovta bo'ldi ota. -Xolsiz bo'lyapman dadajon, dam olaqolayin. Bahodir aka istamaygina bosh silkib, xo'p ishorasini bergach xonasiga kirib ketdi Bahora. DAVOMI BOR
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев