holimga qöy, -dedi yigit
yig'layotgan qizga. Qiz yigitni
toshbag'irlikda aybladi, undan
nafratlanishini aytdi. Qiz burilib
tez-tez yurib ketarkan yigit uning
ortidan mahzun termulib qoldi.
Yigit u b-n boshqa
körishmasligini bilardi. U og'ir
xörsinib qöydida mashinasiga
ötirib tög'ri onkologiya
markaziga bordi. 2- qavatda
joylashgan vrach xonasiga
kirdida stolida öychan ötirgan
doktorga qarab shunday dedi:
"Men tayyorman". Doktor örnidan
turib yigitning yoniga keldi. Qölini
uning yelkasiga qöydi: "Bardam
böl uka, hammasi yaxshi böladi,
inshoolloh".. Yigitni jonidan ortiq
sevadigan qiz yigitning sönggi
vaqtda nega bunaqa bölib
qolganligi sababini bilmasdi. Yigit
kasalligini bilgach ancha vaqt
operatsiyaga rozi bölmadi. Oz
vaqt bölsada qiz bilan birga
yashash yoki tavakkal qilish kerak
edi. U 2-yölni tanladi. Biroq u
qizning közlarida g'am va
achinishni körishni istamasdi.
Shu sabab qiz b-n
munosabatlarni uzishga qaror
qildi. Shunday böldi ham... Qizda
hayotga qiziqish qolmagandi.
Uning ota-onasi qizning
ixtiyoriga köra bir doktor
yigitdan kelgan sovchilarga rozilik
berishdi. Yigit bölsa qizni
uzoqlardan köp kuzatardi, qiz
buni sezmasdi hatto. Yigit bir kun
kelib ölishi mumkinligidan
chöchimasdi, u faqat qizning
gözal chehrasini boshqa
körolmasligi mumkinligidan
siqilardi. Kunlar tez ötaverdi. Qiz
töy kuni yaqinlashgach,
taklifnoma yozib yigitga yubordi.
Öz xusnihati b-n yigitning ismini
yozdi. "Mana, sizsiz
yashayapman...baxtliman...". Shu
ma'no mujassam edi bu
harakatida. Yigit taklifnomani
körib jilmaydi. "Ha, sen albatta
baxtli bölishing kerak". Shu
ma'no bor edi bu jilmayishda.
Anchadan beri u bu qadar özini
yengil his qilmagandi. Qiz özga
yigit bilan chimildiqqa qadam
qöyganida, yigit ertangi
operatsiyadan tirik chiqmasligi
mumkinligi haqida öylardi. U shu
kuni qizga chin dildan baxt tiladi...
Ertasiga yigit qölida ösha
taklifnomani mahkam siqib
operatsiya xonasiga kirib ketdi...
Qiz kechqurun erini ishdan kutib
olarkan, uning kayfiyati yöqligini
sezdi. Eri unga bugun bir yosh
yigit kasalxonada og'ir
operatsiyaning sönggi
daqiqalarida jon berganligini, uni
saqlab qolisholmaganligini aytdi. -
Uning qölida bizni töyimizga
taklifnoma bor ekan,- dedi u. Qiz
holsiz eridan taklifnomani oldiyu
yig'lab yubordi. U özining
xusnihatini tanigandi...
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев