qavatli uylarning biriga ko'chib
keldi.
Yangi xonadon bekasi ertalab
azonda uyg'onib, tashqariga
boqdi. Qarasa, qo'shni ayol
yuvilgan kirlarini dorga yoyish
bilan band.
- Yo tavba, anavi ayolning kirlari
hecham “ochilmabdi”, chala
yuvganmi, deyman, - dedi kinoya
ohangida.
Uning bu gaplarini eshitgan eri
lom-mim demadi.
- Qo'shnimning sovuni sifatli
emasdir. Ehtimol, kir yuvishni
bilmas. Unga kir yuvish qanaqa
bo'lishini bir o'rgatib qo'ysam
bo'larkan.
Shu tariqa har safar haligi qo'shni
ayol dorga kir yoyganda, shu
suhbat takrorlanaverdi, er esa
beparvo.
Ajib va munavvar kunlardan
birida ayol deraza osha
tashqariga boqdi-yu, beixtiyor
qichqirib yubordi:
- Voy, mana qarang! Bugun u
kirlarini top-toza qilib yuvibdi-ku.
Birorta g'ubor ko'rinmaydi-ya! Va
nihoyat qo'shnim kir yuvishni
o'rganib olibdi, qoyil!
- Yo'g'e, - deya sokinlik bilan
javob beribdi eri, - men shunchaki
barvaqtroq turib, deraza oynasini
yuvib-tozalab qo'ydim, xolos...
Hayotda ham xuddi shunday!
Hammasi atrofimizdagi voqea-
hodisalarni ko'rsatib turgan o'sha
deraza oynasiga bog'liq. Avvalo,
birovlarni tahqirlash yoki ulardan
biror ayb topishdan oldin
o'zimizning ko'ngil oynamizga
boqaylik. Dilimizni har qanday
chang va g'uborlardan tozalaylik.
Qachonki, qalb oynamiz pokiza
ekan, dunyo bizlar uchun
shunchalik hikmatli ko'rinaveradi.
Zero, illat izlaganga illatdur dunyo,
hikmat izlaganga hikmatdir
dunyo.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев