Dil zerikib kettida
Bir qizga uylanaman
Qop qora bólsa qoshi
Mazzali bólsa oshi
Ón sakkizda bólsa yoshi
Shu qizga uylanaman.
Past bólsa mendan bóyi
Uxlamasa kun bóyi
Faqat men bólsam óyi
Shu qizga uylanaman
Abjir bólsa xar ishda
Saramjonu sarishta
Bólsa agar farishta
Shu qizga uylanaman.
Yóg'imni u qilsa bor
Birovga qilmasa zor
Topsam agar shunday yor
Shu qizga uylanaman.
Kóchadan kelsam kulib
Peshvoz chiqsa yugurib
Ketmaymanu yuz burib
Shu qizga uylanaman.
Otamni qilsa xurmat
Onamga qilsa xizmat
Faqat faqat men faqat
Shu qizga uylanaman.
Kuniga erta tursa
Qiyshaymay tógri yursa
Kózlari meni kórsa
Shu qizga uylanaman.
Sigir sog'ib yopsa non
Gapirmasa xech yomon
Qilmasdan xech xam gumon
Shu qizga uylanaman.
Bu yaxshi orzu bóldi
Sabrim kosasi tóldi
U qizga yoqsam bóldi
Shu qizga uylanaman
Bólsa agar shunday qiz
Ayting dóstlar menga siz
Bir kórishib yuzma yuz
Shu qizga uylanaman
Ne bòlsa yozdim dilda
Bu xam bitta xazilda
Shu kelgan yangi yilda
Bir qizga uylanaman
orzuga ayb yóq
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев