muallifini.
Uni azob yozgan, uni dard
yozgan.
Kirib, sevaman deb
aytishga qo'rqib,
Eshiging tagida turgan
mard yozgan!
So'rama bu she'rning
muallifini,
Yomg'irday ivigan,
bulutday to'zgan.
"Nimaga kirmadim, nega
aytmadim",
Uni afsus yozgan,
pushaymon yozgan!
So'rama bu she'rning
muallifini,
Gapingni aytaman o'zini
ko'rsam.
Bechora siqilib yurovdi
o'zi,
Senga yoqqanidan bo'ladi
xursand.
So'rama bu she'rning
muallifini,
Bechora shoirda nima
o'ching bor?
She'r o'qi, kulsang kul
yig'lasang yig'la,
Muallifi bilan nima ishing
bor. So'rama bu she'rning
muallifini,
Uni sog'inch yozgan, uni
vaqt yozgan.
Kirib, sevaman deb ayta
olmagan,
Eshiging tagida qolgan
BAXT yozgan!
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев