Yaratganning karomatlari Rashidjonning peshonasiga bisyor bitilgan ekan..Yig’idan ko’zlari shishib ketgan RashidjonOftob ayani qo’llaridan yetaklab emas,aksincha uning jonsiz tanasini ho’ng ho’ng yig’lab olib chiqdi..
Oftob ayaning qanchadan qancha azoblarga ro’baro bo’lgan ojizgina jussasi ohirgi qadamlarni ko’tara olmagan edi..
Rashidning ko’zlariga esa hech narsa ko’rinmas,Oftob ayning jonsiz tanisi tepasida ko’z yoshlarini yashira olmasdan to’kar edi..
Aynan o’sha damlarda Rashidning yuragi nadomatdan azob chekar,onasining ahvolidan oldinroq habar ololmaganidan,uning ohirgi nigohlarini qo’llari bilan yopib qo’ya olmaganidan vijodon azobining so’ngsiz qiynoqlariga ro’baro kelgan edi-ki,uning o’ksingan haroba qalbi buday holatni ko’tara olishga dosh berishga majbur ekanligidan o’kinar edi..
Xa,.uni o’sha mehribonlik uyidanmehr bilan yetaklab chiqan o’sha issiq qo’llar ayni damda muzlayotgan edi..
Uning muzdek qo’llarini bag’rigabosib yig’layotgan Rashidjonni hech kimsa yopata olmas,uning Rassiyada oilam deb ishlab yurgan vaqtlari bu yerdagi Oftobayning holatini bilgan qo’ni qo’shnilari esa Rashidjonga lom lum deya olmas edi..
Bilmaganlar unga "bo’ldi qo’ygin,dunyo o’zi shunaqa omonat”deya yelkasiga urib qo’yar ekan,
Bilganlar esa afsus bilan bosh chayqar edi..
Rashid onasini so’nggi marotabao’z uyida mehmon bo’lishi uchunuyga olib chiqishdi..
Eshik ortida esa Moxira bamaylihotir yonida turgan spirtli ichimlikdan ho’plagancha,ko’zgudagi o’z aksiga mahliyo bir holatda o’tirar edi..
Eshik qo’ng’irog’ining asabiy jiringlashidan o’ziga kelgan Moxira eshikni ochdiyu hayratdan qotib qoldi..
Eshik ortida Rashidjon yum yum yig’lagancha Oftob ayning jasadini ichkariga olib kirish uchun hozirlik ko’rar edi..
Moxiraning hatto salom deyishga ham holi kelmadi..
Rashidjon Moxiraning yonidan o’tayotganda dimog’iga undan kelayotgan aroq hidi urilganini sezdi-yu,ammo o’z hayollari bilan andarmon bo’lgan Rashidjon unchalik bu narsaga ahamyat bermadi..
Oftob ayni o’sha Rashidjonni kutaverib ko’zlari to’rt bo’lgan karavotga yotqizishdi..
Uning ustiga oq matoni tashlab qo’yishgach,Uyga birin ketin yonqo’shnilar to’la boshlashdi..
Rashidjon ularga salom berishgaham holi yo’q,bir ahvolda kravotpoyasiga suyangancha,Oftob ayning yuziga tikilgan ko’yi qotib qolgan edi..
Qo’ni qo’shnilar esa bir birlariga ma’noli tikilgancha sekin shivirlar edilar..
-Qo’shni,bechora yigitchaga qiyin bo’ldi-da,Oftob aya rahmatli uni kutaverib ko’zlari to’rt bo’ldi-da,essi uni ko’ra olmasdan bandalikni bajo keltirdilar..
-Xa nimasini aytasiz,hali bu hotinini qilgan ishlarini eshitsa nima qilar ekan..?Iloji boricha uni yolg’iz qoldirmasligimiz kerak..Tag’in bir baloni boshlab yurmasin..!
Bir necha qo’shni tomonidan yetkazilgan habar Niyatbekni ostonasiga ham borib yetdi..
Bu habarni eshitgan Niyatbek aftoda bir holatda qotib qoldi..
Xotini "Nima bo’ldi sizga,”deи bergan bir necha savolidan o’ziga kelgan Niyatbek indamadi..
Nima ham deya olar edi..O’z opasidek ko’rib bir vaqtlar uningshu holatga yetishishida sababchi bo’lgan bu inson o’lim bilan olishib yotgan vaqtda o’z jiyani deb tan olgan uning o’glinihotini bilan ishratga mashg’ul bo’lgan vaqtini aytsinmi..yo’q..yo’q buni ayta olmaydi..
Buni aytgandan ko’ri shu tillarinichopib,maydalab tashlasa bo’ladi-ku..!
Niyatbek behol bo’lib kursiga o’tirar ekan,undagi ilvirab uvadasi chiqayozgan vijodonining ko’rinmas g’ovaklaridan bitta savol tinimsiz aylanar edi..
"Nima qilib qo’ydim..???:”
Uning bu savoli ko’ksini yillab kuydirishini,alal oqibat esa bu savollar unga intiho bo’lishi mumkunligini,qanday katta gunoh qilganini o’z nomini isnodga qo’yganini endigina fahmlay boshlagan Niyatbekning ko’ngliga chiroq yoqsa ham yorishmaydigan bir holatda edi..
Niyatbek o’rnidan turdi-da.sandiqdan anchadan beri kiyilmay oxori bilan turgan chopon belbog’oni qo’liga oldi..Seyfni ochib ichidan anchagina pul oldi..
Uning pul olayotganini ko’rgan xotini:
-Buncha pulni,nima qilasiz..?O’g’li Rossiyada ishlab topgan pullari ham yetadi unga..?!
Degan savolidan keyin Niyatbek chiday olmadi..
Uning chakkasiga tarsaki tortib yubordi..Tarsakining zarbidan o’tirib qolgan xotini unga hayronbo’lib boqqan ko’zlariga javobanNiyatbek:
-Iflos..seni deb o’z opamdek bo’lib qolgan sen bilan meni,shunday kunlarga yetishimga sababchi bo’ldan bir ayolni kuniga yaray olmadim..Uning oldidagi meningburchimni qanday oqlashimni tushunayapsanmi o’zi..?!Ertaga men vijdon azobi bilan yashashimdan sen qutqara olsanmi yoki mana bu xarom pullar qutqaradimi..?
Xotini erining bunday gaplaridanbutkul gangim,hech narsa deya olmadi..
Niyatbek eshikni taraqlatib yopgancha chiqib ketdi..
Yo’l bo’yi miyasiga jo’yali bir fikr ham kelmadi..
Nihoyat o’sha qachonlardir qadrdon bo’lib qolgan muqaddas joy,endilikdan nahs bosib ketishiga o’zining ham hissasi bo’lgan uyga yetib keldi... Davomi bor.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев