nomi tushirilgan futbolkalardan 2
sutkada 20 million funtdan ko'p
ishlab topdi
"Real" o'zining Kolumbiyalik yangi
futbolchisi Xames Rodrigezning
tanishtiruv marosimidan 2 sutka
o'tgach uning nomi tushirilgan
futbolkalar sotuvidan 20 million
funtdan ziyod pul ishlab topdi. Bu
haqda "The Telegraph" habar
bermoqda.
Har bir futbolkaning bahosi 60
funtdan bo'lib, klub yangi
futbolchini tanishtirgan vaqtdan
boshlab 48 soat o'tgach 345
mingta futbolkani 20.7 million
funtga sotib ulgurdi. Bu har bir
soatga o'rtacha 7187 tadan
to'g'ri keladi.
Xames bu borada "Real" yulduzi
Krishtianu Ronalduga yetib olishi
mumkin. CR7 ning "Real"dagi
faoliyati davomida milliondan
ziyod futbolkalari sotib
ulgurilgan.
Eslatib o'tamiz, "Qirollik klubi"
Xamesni 80 million yevro evaziga
o'z tarkibiga qo'shib olgan edi.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев