Yigit
tushkun
kayfiyatda
do'stiga
qo'ng'iroq
qildi.
Go'shakni
chiroyli
ovozli qiz
ko'tardi. Yigit adashib tushganini
payqab, go'shakni qo'ymoqchi
bo'ldi. Lekin nimadir bunday
qilishga yo'l qo'ymas, qiz bilan
dardlashgisi kelardi. Yigit gap
boshladi: -Allo... -Eshityapman,
gapiravering,-javob berdi qiz. -
Aytingchi, sizning onangiz
bormi? -Nimaa?! -Onangiz
hayotmilar? - so'radi yigit. Narigi
tomondan esa qizning bilinar-
bilinmas yig'lagani eshitilardi.
Yigitning qo'qqisidan bunday
savol berishining sababi bir oy
oldin onasi vafot etgani, ayriliq
yurak bag'rini o'rtayotgani edi.
Agarda qizdan onasi borligini
eshitsa baxtli inson ekanligini,
onasini yanada asrab- avaylashini
aytmoqchi edi. Qizning yig'lab
yuborganidan bildiki ikkisining
ham dardi bir ekan. Yuraklaridagi
ana shu dard ikkisini hamsuhbat
bo'lishga undadi. Bir-birlariga
tasalli berishdi. Yigit qizdan yana
qo'ng'iroq qilishga ruhsat olgach
xayrlashishdi. Endi ular tez-tez
qo'ng'iroqlashib turishar, qizning
qo'llab- quvvatlashlari,
maslahatlari bilan yigit oyoqqa
tura boshladi. Yangi ish topdi,
g'ayrat bilan, hayotga bo'lgan
qiziqishi ortib borardi. Buning
uchun uni hayotga qaytargan
farishtasi Maftunadan minnatdor
bo'lardi. Ular boshqa boshqa
shaharda yashardilar. Bir kuni
yigit hammadanda go'zal
qiyofada tasavvur qiluvchi
farishtasi bilann uchrashmoqchi
bo'ldi. Uchrashgach unga bo'lgan
pinhona sevgisini izhor etishni
niyat qildi. Uchrashuv kuni
belgilandi va ular bir-birini
quyidagicha tanib olishni
rejalashtirishdi: Yigit harbiy
kiyimda, qo'lida Maftuna
yoqtirgan atirgul g'unchasini
ushlagancha poyezddan tushib
keladi. Maftuna esa vokzalda,
qo'lida o'zi sevib o'qiydigani
Bulgakovning "Usta va Margarita"
kitobi bo'ladi.... Nihoyat
uchrashuv sanasi yetib keldi. Yigit
hayajon bilan poyezddan tushdi.
Vokzalda odam siyrak edi. Yigit
kitob ushlab olgan qizni qidirdi
va topdi... Topdi-yu fikrlari alg'ov-
dalg'ov bo'lib ketti. "Usta va
Margarita"ni ushlab olgan qiz
nogironlik aravachasida
o'tirardi..... Yigitning hayollari
chalkashib ketdi. O'ziga kelib
qaraganda esa qizning yoniga
kelib qolgan, qiz ham unga tikilib
turardi. "Ahir nima bo'lganda
ham bu o'sha mening
farishtamku, menga uning
qandayligini ahamiyati yo'q"
o'yladi yigit, ammo soniyalar
ichida fikridan qaytdi, ichida
nimadir "ahir u nogiron ekanku,
ket bu yerdan" degan ovoz isyon
ko'tarardi. Yigit ikkinchi ovozga
quloq
tutdi
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1
bunday bo'lishini hatto
hayolimga ham keltirmagandim.
Siz kutgan yigit men emasman,-
dediyu ortiga o'girildi. Nogiron
qiz yonidagi o'rindiqda o'tirgan
qizga gap boshladi: -Maftuna, sen
kutayotgan yigit shumidi? Yigit
suhbatdan taqqa to'xtadiyu
ortiga o'girildi. Hatto
tasavvurlaridan ham go'zal,
haqiqattanda farishtamonand qiz
unga alam va nafrat bilan tikilib
turardi. "A!.. Shu ekanda Maftuna,
Ehhhh... Nimalar qilib qo'ydim"
o'ylardi yigit. -Yo'q opa, biz
kutayotgan yigit bu emas,
tasavvurimdagi oliyjanob yigit
asli bo'lmagan ekan ham,
hammasi sarob! Maftuna
shunday dediyu aravachadagi
opasini sudrab keta boshladi.
Yigit hammasini tushunib
yetgandi. Bir lahzalik tubanlik,
xudbinlik ko'zlarini ko'r qilib
qo'yganini, endi Maftunani bir
umrga yo'qotib qo'yganini
tushunib yetdi. Yigit
farishtasining ortidan cheksiz
pushaymonlik, aybdorlik hissi va...
va yana oz...Ещё-Meni kechiring, men...men
bunday bo'lishini hatto
hayolimga ham keltirmagandim.
Siz kutgan yigit men emasman,-
dediyu ortiga o'girildi. Nogiron
qiz yonidagi o'rindiqda o'tirgan
qizga gap boshladi: -Maftuna, sen
kutayotgan yigit shumidi? Yigit
suhbatdan taqqa to'xtadiyu
ortiga o'girildi. Hatto
tasavvurlaridan ham go'zal,
haqiqattanda farishtamonand qiz
unga alam va nafrat bilan tikilib
turardi. "A!.. Shu ekanda Maftuna,
Ehhhh... Nimalar qilib qo'ydim"
o'ylardi yigit. -Yo'q opa, biz
kutayotgan yigit bu emas,
tasavvurimdagi oliyjanob yigit
asli bo'lmagan ekan ham,
hammasi sarob! Maftuna
shunday dediyu aravachadagi
opasini sudrab keta boshladi.
Yigit hammasini tushunib
yetgandi. Bir lahzalik tubanlik,
xudbinlik ko'zlarini ko'r qilib
qo'yganini, endi Maftunani bir
umrga yo'qotib qo'yganini
tushunib yetdi. Yigit
farishtasining ortidan cheksiz
pushaymonlik, aybdorlik hissi va...
va yana oz bo'lsada umid bilan
termulib turar, Maftuna esa
nogironlik aravachasidagi opasi
bilan tobora undan uzoqlashib
borardi.