EY PARIVASH Ey parivash, ochma yuz, ishq ahli shaydolanmasun, Mandin o'zga hech kim ishqingda rasvolanmasun. Yuz jahon savdosi turrang iqdida muzmardurur, Voqif o'l, ohim yeli birla mutarrolanmasun. Aylagil qadding niholin jilvagar bog' ichrakim, Sarv ra'nolanmasun, shamshod zebolanmasun. La'li xandon birla gulshan sayr et har subhkim, G'unchalar ko'ngli ochilmoqg'a tamannolanmasun. Gahi-gahi ko'rguz quyoshga chehrakim ul xirasar, Bilsun o'z haddiniyu husn ichra da'volanmasun. Ochma diydoring raqib ollidakim, ul bad nazar, Pok ruhsoring sori boqib, tamosholanmasun. Kirpiging jon qasdi aylar qoshing imosi bila, Yo rab, andoq o'q muningdek yo bilan yolanmasun. Istasa
DILBARMU EKAN Yuz ochib kelgan bu tun bazmimg'a dilbarmikan, Yo shabi qadr ichra tuqqon mohi anvarmu ekan. Yuzda la'limu ekan bergan mango jon lazzatin, Yo'qsa jannat gulistoni ichra kavsarmu ekan. Jilvagar bo'lg'on kadi zebosimu bazmim aro, Yo Eram bog'i aro zebinda ar-armu ekan. Lablarida so'zmu erkan yetkurur jonimg'a zavq, Yo'q esa yoquti gun sog'arda shakkarmu ekan. Zulfimu erkan uzori uzra bo'lg'on jilvagar, Yoki gulshan ichra butkan sunbuli tarmu ekan. Kirpiki erkonmu ul ko'z tebratur har dam oni, Chekkan ul kofir va yo qatlimg'a xanjarmu ekan. Ko'nglim erkanmu mudom ul yuz xayoli andadur, Yo quyoshning aksi tushgan sof mazharmu ekan. Qosid erkanmu keturgan
PARISHONMAN Yana falak na sitam ayladiki, giryonman, Yana ko'ng'ulg'a na g'am yetdikim, parishonman. Burung'idin manga holo kam o'lmish ehsoning - Ki, na gunoh sanga ayladimki, hayronman. Umidim erdiki bo'lsam qopungg'a yuz qo'yg'och, Quyoshdek avj tutub sar balandi davronman. Vale mubaddal o'lub ya's ila hamul ummid, Mudom zarra kibi no padidu larzonman. Bu g'ussa birla borib o'zdinu, qolib so'zdin, Gahi bu holima giryonu, goh xandonman. Bu tiyralik bila alfozim o'ldi bo'yla rakik, Yo'q ersa ma'niyu mavzun ila suxanronman. Yeturgay erdi murodimni charxi dun parvar, Gar o'zgalardek esam kosh go'lu nodonman. Fig'onki, charxi jafo pesha javru zulmidin, Qilay tazallum
BEQAROR O'LMOQ NE TONG Har kishikim topsa zavqe nash'ai paymonadin, Bir nafas chiqmas ko'b oso go'shai mayxonadin. Iztirobim tonglama bazmi visoling ichrakim, Beqaror o'lmoq ne tong ko'rgach pari devonadin. To yuzing may tobidin gul ochdi ko'nglim bulbuli, Bir nafas forig' emastur nolai mastonadin. Yo'q ajab jonim qushi boshingdin evrulsa mudom - Kim, tong ermas sadqa bo'lmoq sh'amig'a parvonadin. Ey ko'ngul, gar xurram o'lmoq istasang bo'l xoksor - Kim, ko'karmak mumkin ermas yerga tushmay donadin. Oqil ersang naqdi umring qilmog'il behuda sarf, Kim bu ish ermas munosib hech bir farzonadin. Keldi asbobi jahon avsofi g'aflat mujibi, Ne uchunkim uyqu hosil afsonadin. Si
TONG ERMAS Tong ermas charx javridin gar etsam nolau afg'on - Ki, yo'qtur bir kishi zulmidin oning bo'lmog'on nolon. Qayu oshiqki, topsa lahzaye rohat visol ichra, Qilur ul lahza oni mubtaloyi mehnati hijron. Agar yuz jon chekib topsa kishi maqsud sori yo'l, Uzoqqa chekmayin aylar oni ovorai hayron. Banogah har ko'ngulga dast bersa shodlig' jomi, Onga noshodlig' birla ichurmay qo'ymog'oy yuz qon. Birov chiqsa agar xurshid yong'lig' azzat avjig'a, Qilur darhol oni xoki mazallat ostida pinhon. Balosidin oning ne bir kichik, ne bir ulug' forig', Jafosidin oning ne bir gado emin, ne bir sulton. Falak zulmidin emin bir kishi ermas, magar ulkim, Oning olidadur bu dahr ayshu me
Vahkim,yana zulmini ayon etti falak, Bag'rimni hajr aro qon etti falak, Ko'z yo'lidin ul qonni ravon etti falak, Oxir manga ko'rki qasdi etti falak.
Zarra uchubon nayyiri a'zam bo'lmas, Yer bolish etib avji falak ham bo'lmas, Inson aro nodonni biling hayvondur, Hayvon necha zo'r aylsa odam bo'lmas.
JONDUR FIDO Ey sabohatlig‘ yuzingg‘a mehri raxshondur fido, Be halovatlig‘ labingg‘a obi hayvondur fido. Fitnaparvar ko‘zlaringg‘a sho‘ri mahshar sadqadur, Gavhar afshon so‘zlaringg‘a javhari jondur fido. Kokiling har torig‘a yuz sunbuli tardur asir, Qomating raftorig‘a ming sarvi bo‘stondur fido. Qoshlaringning yosiga qurbon erur qavsi quzoh, Kiprikingning o‘qlarig‘a barqi parrondur fido. Ne‘mati diydoringa muhtoj erur g‘ilmonu hur, Jannati dargohinga firdavs rizvondur fido. Yuzlaring imonig‘a isor naqdi ganji kufr, Ko‘zlaring kufrig‘a ganji naqdi imondur fido. Ogahiy, gar bo‘lsa yo‘q ushshoq aro ayb etmakim, Ham belu ham og‘zinga ul zoru hayrondur
BO‘STON TAMOSHO Labing to qildi bu hayron tamosho, Bo‘lub jismig‘a kirdi jon tamosho. Emas nargiski har yon ko‘z ochibdur, Qilurg‘a gul yuzing bo‘sto‘n tamosho. Qaromas sarv sori toki qildi Qadingni qumriyi nolon tamosho. Qopungg‘a yuz qo‘yar har tun, qilay deb Yuzung mehrin mahi tobon tamosho. Jamolingdin ko‘tar burqa‘ni tokim, Meni zoring qilay oson tamosho. Yuz ochma mudda ig‘akim, emas xo‘b Malakni aylamakak shayton tamosho. Labing bir kulsa, man yuz jon toparman, Mani qilg‘in bo‘lub xandon tamosho. Nazar holimg‘a solkim, qilsa xushtur Qulining holini sulton tamosho. Maoni bog‘ini doni qilur sayr, Qachon qilg‘ay oni nodo
Показать ещё