Qon bosimi oshib, xushini yöqotgan
70 yoshlardagi kishini tez yordam
mawinasi shifoxonaga olib keldi.
Ahvollari öta jiddiy edi. Ukollar
yordamida qon bosimini tushirishga
erishdik. Surishtirsam biron yaqini birga kelmabdi. Bir ayol
qöshnisiman
dedi. Aytishicha otaxonning 2 ög'li
borakan, 7 yilki Amerikada
yashasharkan. Ayolining ölganiga 2 yil
bölibdi. Ög'illari oxirgi bor onalari vafot
qilganida kelishgan ekan. Pul yuborib turisharkan. Otaxon haqida
eshitib
öyga toldim. Bu yoshda inson
g'amxörlikka muhtoj böladi. Yolg'izlik
öta qiyin, ayniqsa qon bosimi kasali
bölsa. 1-2 kun ötgach otaxon biroz
tetiklashdi. Körish u-n xonasiga kirdim. Meni uzoq duo qildilar. U
yoq-
bu yoqdan gaplashib ötirdik. Ög'illari
haqida söradim-u tilimni tishladim.
Otaxon birdan özgardi. Menga bir
qaradiyu jim bölib qoldi. Keyin ularni
maqtay ketdi. Ishlari, mashinalari haqida gapirdi. "Kunda-kunora
tel qib
turishadi. Yaqinda kichik ög'lim ota 1
oy ichida sizni Amerikaga obkelaman,
tayyor turing dedi. Oldinroq ham
aytardiyu onagni qabri sovumay
ketmayman derdim. Bollarim juda yaxshi". Qöshni ayoldan bu
haqda
sörasam, u otaxonni uyida hatto tel
yöqligini, oxirgi marta ög'li 2 oy oldin
tel qilganini aytdi. Ayoldan ög'illarning
tel raqamini olib, ularga otasining
ahvoli haqida aytdim. 1-2 kun ichida boramiz deyishdi. Men ahmoq
bu
haqda otaxonga aytibman. Ular juda
sevindi. Shu kundan söng otaxonni
közlari doim derazada hovliga qarab
ötirardi. 15 kunlar ötdi. Bir kuni palata
yonidan ötayotib, otaxonning ovozini eshitdim. U menga ög'illari
haqida
aytgan gaplarni kimgadir aytib berardi.
Kim ekan suhbatdoshi deb ichkariga
kirdim. Kirsam hech kim yöq, otaxonni
közlarida yosh. Meni körib jim
qoldilar.Yuragim shu qadar achishib ketdiki, ög'illarni ichimda rosa
sökdim.
Ikki kun ötgach tunda otaxonni qon
bosimi yana oshibdi. Bexabar qoldik
bu safar. Tongda kelsam, uning közlari
ochiq, eshikka qarab joni uzilibdi.
Yig'ladim, yaqin bölib qolgan ekan. Suhbatlashib qolganimizda
farzandlarim kömsin degandi. Mahalla
b-n ayollarini yoniga qöydik. Bolalari
eshitib 3 kundan keyin kelishdi. Lekin
endi nima foyda? Ularga otaxon
vasiyat qilgan sönggi sözlarni yetkazdim: SIZLARNI YAXSHI
KÖRAMAN
BOLALARIM ...!
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 3