Otamdek mehribon pok Yurtboshim bor,
Menga o'xshab ketar yuz-u,ko'z,qoshi,
O'ttiz ikki milion qarindoshim bor.
Bobolarim ko'pdir-Momolarim ko'p,
Tutingan Otam bor-Onalarim ko'p,
Amakim Tog'am-u Xolalarim ko'p,
O'ttiz ikki milion qarindoshim bor.
Munosib Akadir mendan kattasi,
Go'zal Opam,Singlim ko'nglim parchasi,
Ukalarim yaqin menga barchasi,
O'ttiz ikki milion qarindoshim bor.
Mayli Qozoq bo'lsin mayli Rus bo'lsin,
Mayli Turkman bo'lsin - Ingiliz bo'lsin,
Bu yurtda begona emaslar bilsin,
O'ttiz ikki milion qarindoshim bor .
Nukusmi? Xorazm yoki Buxoro,
Samarqand,Toshkantmi yoki Sirdaryo,
Har yeri muqaddas-shu jonim aro,
O'ttiz ikki milion qarindoshim bor.
Hasan Maqsud yozar isxorin balki,
Xalqimga muhabbat ko'nglimning mulki,
Axir bir oila shu O'zbek xalqi,
O'ttiz ikki milion qarindoshim bor .
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев