Предыдущая публикация
Dardli kunlarimda malham misoli.
Jilmayib kirdingiz hayotimga siz.
Kerakmas endi ming gulning visoli.
Tunu-kun faqat siz hayolimdasiz. Sevgimni bilasiz, lek sevolmaysiz.
Ko'nglida kim deya savolimdasiz.
Bir shirin so'ziga asir etgan qiz.
Tunu-kun faqat siz hayolimdasiz. Dilimda orzular osmonidasiz.
Turmushim, bahtimda kamolimdasiz.
Mehrimning dengizin ummonidasiz.
Tunu-kun faqat siz hayolimdasiz. So'zlarim shunchaki yozilgan emas.
Tushda ham o'ngimda iqrorimdasiz.
Dunyoda hech narsa shunchaki bo'lmas.
Tunu-kun faqat siz hayolimdasiz.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев