Shahardagi yirik
supermarketlarning biriga xarid
uchun bordim. Kassa yoniga
yaqinlashganimda yerda, kimdir
tushirib qoldirgan qog`oz pul
yotganini ko`rdim. Bu yuz
dollarlik kupyura edi. Qarasam bir
8-9 yoshlardagi kichkina qizaloq
sekin kelib pulni oldida yugurib
chiqib ketdi. Men o`zimcha kulib
qo`ydim: "Shayton qiz,
dollarniyam biladi, endi bu puliga
bir oy muzqaymoq olib
yeyishi mumkin..." Hisob-kitob
qilib
bölgach ko'chaga chiqdim.
Uyimga
eltadigan markaziy köcha böylab
yigirma qadamlar yurgach
boyagi qizchani körib qoldim.
Qizaloq topib olgan pulini yöl
chetiga örnatilgan qutiga
tashlardi.
Ötgan-ketganlar e'tibor ham
bermaydigan bu quti "Yolg`iz
bolalar uchun yordam" xayriya
qutisi edi... Etim jimirlab ketdi. Bu
yo'ldan har
kuni o'tardim, yuz dollar nari
tursin
yuz söm
tashlash ham hayolimga
kelmagan.
Kulganim uchun o`zim g`alati
bo`lib
ketdim. Boyagina men shaytonga
qiyos
etgan kichkina qizcha bölsa,
xuddi
qilgan ishidan köngli tölgandek
menga jilmayib qarab qöyardi...
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев