Otajon siz borki
orzular sig'ar yurakka.
Qo'limni uzatsam yetar falakka.
Hayotim o'xshaydi shirin ertakka
Ota, borligingiz toj-u taxtimdir
Sizga farzand bo'lmoq oliy
baxtimdir. Siz borsiz yurarman
shod-u baxtiyor Ko'ksimda
uyg'onar har tong gulbahor
Qayda bo'lmay menga,
duoyingiz zor Tunlardan
panohim quyoshim ota. Quyosh
ne, yo'q sizga qiyosim ota. Goh
hayolim olib ko'kdagi yulduz.
Hol so'rab qo'ymasman sizdan
bir og'iz. Yarim kechada ham
uxlolmay hargiz, Salom degan
so'zim kutarsiz ota, Bildirmay
tashvishim yutarsiz ota. Bir umr
bolam deb yashabsiz hayhot
Chekkan zahmatingiz topgay
mukofot Yoningizdan kirib
bo'larmiz qanot Yorug' bo'lsin
doim yuzingiz ota Sizni sevar
o'g'il-qizingiz ota Siz, ollohimdan
menga zo'r in'omsiz OTA !


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев