Предыдущая публикация
Menda ham ozgina ko‘ngling
yo‘qmikin,
Menga uchramading avvalroq
nechun,
O‘zingga o‘xshagan singling
yo‘qmikin.
Ne derdim, baxtli bo‘l, ahdli bo‘l
deyman,
Yana dilda biroz sevging
yo‘qmikin,
To‘yingga borolmay, jonni
qiynayman,
O‘zingga o‘xshagan singling
yo‘qmikin.
Menga o‘xshagani yagona
deysan,
Mendek oshig‘ingga rahming
yo‘qmikin,
Ko‘ksim osmonida yulduzsan,
oysan,
O‘zingga o‘xshagan singling
yo‘qmikin.
Aytmasman uni qo‘y, men bilan
bo‘l deb,
YUrakni aldashni yo‘li yo‘qmikin,
O‘shani sevardim seni unutib,
O‘zingga o‘xshagan singling
yo‘qmikin.
Ertakka ishonmas edi-ku Ahad,
Uni ovutgali sehring yo‘qmikin,
Ko'ngilda birgina orzuyim faqat,
O‘zingga o‘xshagan singling
yo‘qmikin.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев