Bu Shamsiddin Kulol va Gumbazi Seyidon maqbaralari hamda Ko’k-Gumbaz jome’ masjidi inshootlaridir. Shamsiddin Kulol maqbarasi eng birinchi qurilgan. Shayx 1370 yilda vafot etgan bo’lib, uning go’ri izzat-ehtirom qilingan edi.
Uning yonida Gumbazi Seyidon – Sayidlar gumbazi nomli Ulug’bek avlodlarining maqbarasi qurilgan. Bu kichik bino o’zining nafis mutanosibligi va chuqur o’ymakor naqshlar bilan qoplangan, ajoyib ishlangan kirish eshigi bilan insonni mahliyo qiladi. Me’morchilik ansamblini mo’g’ullargacha bo’lgan qurilish poydevorida qad ko’targan Ko’k-Gumbaz jome’ masjidi tugallaydi.
Dorus-Saodat ansambli ham uchta qismidan iborat: Jahongir mirzoning go’ri, Hazrati Imom masjidi va Temurnig maqbarasi. 1376 yilda sohibqironning sevimli o’g’li Jahongir mirzo o’lganidan keyin Amir Temur shunday qayg’uga cho’mdiki, «sohibqironning qalbi hamdardlik uchun 30 yil yopiq edi». «Adolatli shahzoda, jasur jangchi, yer yuzida atirguldek ir ko’rinib yo’qolgan» shahzodaning jasadi ajdodlariing vataniga keltirildi, bu yerda uning uchun maqbara qurildi. Keyinroq maqbara oilaviy katta maqbara ichiga kiritilgan edi. Xona ohaktosh bilan qoplangan bo’lib, arkali o’yma tokchalar bo’ylab Qur’ondan olinagn foniy dunyoning bekorligi va boqiy dunyoning g’olibligi to’g’risidagi oyatlar o’yib ishlangan. Masjid va Jahongirning maqbarasiga yaqin joyda faqat Temur uchun mo’ljallangan go’r saqlanib qolgan maqbara bo’lgan, lekin uning o’zi, ma’lumki, Samarqandda dafn etilgan.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев